Ismaloq, yasmiq va temirga boy boshqa 5 ta mahsulot
Temir inson organizmidagi eng muhim mikroelementlardan biri bo‘lib, gemoglobin sintezi uchun zarur, kislorodni organ va to‘qimalarga yetkazib berish uchun javobgar. Temir teriga ijobiy ta’sir qiladi va soch hamda tirnoqlarning holatini yaxshilaydi. Ayollar uchun ushbu elementning kunlik normasi 18 mg ni tashkil qiladi. Quyida temir va boshqa foydali minerallarga boy mahsulotlar ro‘yxatini e’tiboringizga havola etamiz.
Foto: Marie ClaireOq loviya
Foto: Marie Claire100 grammlik porsiya tolaning kunlik ehtiyojini ta’minlaydi va 6 mg temir va 1100 mg kaliyni o‘z ichiga oladi, ularning yetishmasligi charchoqqa olib keladi. Oq loviya oqsil, kalsiy, B vitaminlari va antioksidantlarga boy. Ular biroz kartoshkani eslatuvchi nozik ta’mga ega. Konservalangan shaklda ta’mi yo‘qoladi, shuning uchun oddiy loviyadan foydalanish tavsiya etiladi. Ularni bir sutkaga ivitish, 40 daqiqadan bir yarim soatgacha yumshoq bo‘lgunga qadar qaynatish lozim. Qaynatilgan oq loviya go‘sht uchun oddiy garnir hamda sho‘rva kabi suyuq taomlarga qo‘shish uchun ayni muddao. Ushbu foydali mahsulotdan pyure ham tayyorlash mumkin.
Yasmiq
Foto: Marie Claire100 gramm yasmiqda temir deyarli 12 mg ni tashkil qiladi. Shuningdek, u yurak va asab tizimining to‘liq ishlashi uchun zarur bo‘lgan boshqa mikroelementlarga, jumladan, magniyga ham boy. Yasmiq inson organizmida yaxshi kayfiyat uchun mas’ul bo‘lgan serotoninga aylanadigan aminokislota triptofan manbai hisoblanadi. Oq loviya kabi yasmiqda yuqori miqdorda tolalar mavjud.
Ismaloq
Foto: Marie ClaireTemir miqdori bo‘yicha ismaloq hatto yasmiqdan ham oshib ketadi – 100 gramm uchun 13,5 mg. Shuningdek, u nafaqat ko‘rish qobiliyatiga, balki immunitet tizimiga ham foydali ta’sir ko‘rsatadigan beta-karotin(4,5 mg)va sog‘lom tishlar, suyak va mushaklar uchun zarur bo‘lgan kalsiyga(106 mg)boy.
Pomidor sharbati
Foto: Marie ClaireBoshqa mahsulotlar bilan taqqoslaganda, pomidor sharbatida temir miqdori pastroq – har bir stakan uchun 1 mg. Ammo u boshqa mikroelementlarning yaxshi manbai: xrom, molibden va kobalt, organizmning metabolizmi uchun zarur bo‘lgan elementlar. Bir stakan pomidor sharbati organik kislotalarga bo‘lgan kunlik ehtiyojning 50 foizini o‘z ichiga oladi.
Kartoshka
Foto: Marie ClaireBitta katta pishirilgan kartoshka tarkibida 3 mg temir, ko‘p miqdorda C va B vitaminlari mavjud bo‘lib, ular hujayra metabolizmi uchun javobgardir. Kartoshka kaliy va oson hazm bo‘ladigan minerallarning ajoyib manbaidir.
Mol jigari
Foto: Marie Claire100 gramm mol jigarida taxminan 7 mg temir mavjud. U tarkibida B vitaminlari bo‘yicha chempionlardan biri, shuningdek, A va D vitaminlarining ajoyib manbai. Eng muhimi, uning kaloriyasi past – atigi 170 kaloriya. Pishirishdan oldin jigarni sutga bir necha soatga solib qo‘yish tavsiya etiladi, bu uning yumshoq va mazali bo‘lishiga yordam beradi.
Mavzuga doir:
- Sog‘lom tishlar va mustahkam suyaklar: kalsiyga boy 10 ta mahsulot
- Parhez vaqtida organizmda tanqisligi kuzatiladigan vitamin va minerallar
- Metabolizmni tezlashtirishga yordam beradigan vitamin va mikroelementlar
- Uyquni yaxshilashga yordam beradigan 8 mahsulot
Manba