Salomatlik Salomatlik Tez charchash va doimiy xavotir: jismoniy faollik yetishmayotganining 6 ta alomati

Tez charchash va doimiy xavotir: jismoniy faollik yetishmayotganining 6 ta alomati

O'qildi: 294


Tez charchash va doimiy xavotir: jismoniy faollik yetishmayotganining 6 ta alomati

Muntazam o‘tirish bilan kechadigan turmush tarzi chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish kabi xavflidir!Harakatsizlik bizni tom ma’noda o‘limga tobora yaqinlashtiradi: yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfi to‘g‘ridan to‘g‘ri harakat yetishmasligi bilan bog‘liq. Ammo yetarlicha harakatda bo‘layotganingizni qayerdan bilasiz?Sizda ushbu alomatlar mavjudligini tekshirib oling: shunday bo‘lsa, darhol jismoniy faollikni oshiring.

Tez charchaysiz

Sizda uyqu bilan hech qanday muammo yo‘q, to‘yimli xilma-xil taomlarni iste’mol qilasiz, lekin baribir tez charchab qolasiz va tushlik paytiga qadar nafasingiz tiqilib qoladimi?Qanchalik hayratlanarli tuyulmasin, muammo aynan harakatsizlikda bo‘lishi mumkin. Jorjiya universiteti mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, haftada uch marta atigi 20 daqiqalik aerobika mashqlari quvvat darajasini 20 foizga oshiradi. Bundan tashqari, ba’zi hollarda muntazam jismoniy mashqlar charchoqni 65 foizga kamaytiradi. Chunki u markaziy asab tizimiga bevosita ta’sir qiladi. Qanchalik charchagan bo‘lsangiz, shunchalik ko‘p jismoniy harakat qilishingiz kerak.

Doimo xavotirdasiz

Harakatsiz turmush tarzi xavotirlanish darajasini va depressiya xavfini oshirishi mumkin — bu bir vaqtning o‘zida bir nechta tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Muntazam aerobika va kuch-quvvat sarflashga mo‘ljallangan mashqlar xavotirni sezilarli darajada kamaytirishi, stressni kamaytirishi va hatto depressiyaga uchragan insonlarda tiklanishni tezlashtirishi aniqlangan. Albatta, xavotirlanishning kuchayishi faollik yetishmasligidan dalolat beradi, deb yakuniy xulosa qilish har doim ham to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin, ammo hayotga ozgina jismoniy harakat qo‘shish va dinamikaga rioya qilish kerak.

Ishlashga qiynalasiz

Neyrobiologlar harakatsiz turmush tarzi va passiv harakat bilan ishlash o‘rtasidagi bog‘liqlikni isbotladilar. Aqliy mehnat bilan shug‘ullanadiganlar, albatta, o‘z kundalik jadvaliga jismoniy faoliyatni qo‘shishlari kerak. Birinchidan, bu miyani qon bilan ta’minlashni yaxshilaydi: shunga mos ravishda neyronlarning faolligi oshadi, odamning diqqatini jamlashi va ma’lumotni eslab qolishi osonroq bo‘ladi. Bundan tashqari, mashg‘ulot paytida mushaklar miya hujayralariga neyronlar o‘sishi va rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan maxsus protein — BDNFni sintez qilish uchun signal beradi. Shunday qilib, sport bizni yanada e’tiborli va sermahsul qiladi. Trenirovka qiling va ish qobiliyatingiz yaxshilanadi.

Foto: “The voice mag”

 

Gormonal muvozanatingiz buzilgan

Harakatning yetishmasligi nafaqat yurak va qon-tomirlar faoliyatiga, balki gormonlar muvozanatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Organizmdagi ortiqcha yog‘ estrogenning ko‘payishiga va testosteron yetishmasligiga olib kelishi mumkin, bu albatta, me’yoriy turmush tarziga halaqit beradi. Shu bilan birga, sport bilan shug‘ullanish gormonal muvozanatni normallashtirishga, jismoniy va ruhiy salomatlikni saqlashga yordam beradi.

Ovqat hazm qilish bilan bog‘liq muammolar bor

Ichaklaringiz “dangasa”, oshqozoningiz “injiqmi”?Jismoniy mashq qilishni boshlang: aerobika mashqlari nafas olishni va yurak urishni tezlashtiradi, bu esa o‘z navbatida ichaklar harakatini yaxshilaydi. Yugurish, yurish, suzish — jismoniy faoliyatning barcha turlari nafaqat yurak-qon tomir tizimiga, balki oshqozon-ichak traktining ishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yaxshi uxlamaysiz

Tungi uyqu vaqtida uyg‘onib ketsangiz yoki ertalab turishda qiynalayotgan bo‘lsangiz, bu ham harakat va faollikning yetishmasligi belgisi bo‘lishi mumkin. Yaqinda “Sleep Medicine” jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan keksa odamlar kamroq faol bo‘lganlarga qaraganda o‘rtacha bir soat va chorak vaqt ko‘proq uxladilar. Hayotingizga ba’zi aerobika mashqlarini qo‘shib ko‘ring: bu yaxshiroq va sog‘lom uxlashingiz uchun yordam beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.