Kuz va qishda kanda qilmaslik kerak bo‘lgan D vitaminiga boy 6 mahsulot
Salomatlik uchun muhim bo‘lgan D vitamini nafaqat metabolizm, suyaklar va miya faoliyati uchun ham foydali hisoblanadi. Uning yetishmovchiligi kuzatilganda organizmda bir qancha kasalliklar kuzatiladi. Issiq mavsumda ushbu vitaminni quyosh nuridan olish mumkin bo‘lsa, kunlar salqinlashgani sari kunlik ehtiyojni qoplash uchun “quyosh vitamini”ga boy mahsulotlar iste’mol qilish kerak.
Qo‘ziqorin
Foto: “Domashniy ochag”100 gramm qo‘ziqorinda kunlik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan D vitamini mujassam bo‘ladi. Shu sabab mazkur mahsulotdan taom tayyorlash, salat yoki sendvichga qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Losos
Foto: “Domashniy ochag”Yovvoyi losos D vitaminining manbayi hisoblanadi. Organizmda “quyosh vitamini” me’yorda bo‘lishi uchun hafta davomida ikki porsiya losos iste’mol qilish kifoya.
Paltus ( kambalaning bir turi)
Foto: “Domashniy ochag”Ushbu mahsulotning 100 grammida organizm uchun kunlik ehtiyoj bo‘lgan — 250 foiz D vitamini bo‘ladi. Shuningdek, paltus yurak salomatligi va suyaklar uchun foydali bo‘lgan yog‘ kislotalarini ham o‘z ichiga oladi.
Krevetka
Foto: “Domashniy ochag”100 gramm krevetka — kunlik me’yor hisoblangan D vitaminining uchdan bir qismini qoplaydi. Ammo ushbu dengiz mahsulotini iste’mol qilishda porsiyada tuz miqdori ko‘payib ketmasligiga e’tiborli bo‘ling. Natriyning ko‘payib ketishi yurak faoliyati va boshqa hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolar uchun xavf tug‘diradi.
Tuxum
Foto: “Domashniy ochag”Bir dona tuxumda 4 foiz D vitamini bo‘lgani sabab birgina uning o‘zi bilan kunlik me’yorni qoplab bo‘lmaydi, ammo qo‘shimcha sifatida iste’mol qilish mumkin. Tuxumdan tayyorlangan nonushta eng foydali variantlardan biri.
Pishloq
Foto: “Domashniy ochag”100 gramm pishloqda kunlik me’yor hisoblangan D vitaminining 3 foizi mujassam bo‘ladi. Pishloqni muntazam iste’mol qilish insultga chalinishning oldini olish va yurak qon-tomirlarning salomatligini ta’minlash xususiyatiga ega.
Manba