Salomatlik Salomatlik Viruslarga qarshi kurashadi, immunitetni mustahkamlaydi: Sovuq mavsumda iste’mol qilish kerak bo‘lgan 5 mahsulot

Viruslarga qarshi kurashadi, immunitetni mustahkamlaydi: Sovuq mavsumda iste’mol qilish kerak bo‘lgan 5 mahsulot

O'qildi: 321


Viruslarga qarshi kurashadi, immunitetni mustahkamlaydi: Sovuq mavsumda iste’mol qilish kerak bo‘lgan 5 mahsulot

Qish mavsumida tanani mavsumiy shamollash va grippga qarshi kurashish, umuman, immunitet tizimini mustahkamlash uchun har qachongidan ham ko‘proq vitamin va minerallar bilan to‘yintirish kerak. Ayniqsa, koronavirus hamon xavf solib turgan vaqtda bu juda ham muhim. Quyida immunitet tizimini mustahkamlaydigan va viruslarga qarshi kurashadigan qishki 5 mahsulot bilan tanishib chiqish salomatlik uchun foydali bo‘lish shubhasiz.

Foto: “itmed.org”

C vitaminli mahsulotlar

Albatta, immunitetni yaxshilash uchun C vitaminini o‘z ichiga olgan mahsulotlar eng yaxshisidir. Bunga nafaqat oddiy limon, apelsin, va boshqa sitrus mevalar, balki tuzlangan karam va bulg‘or qalampiri ham kiradi. Shuningdek, turli xil mevalarda C vitamini juda ko‘p bo‘lib, qish mavsumida ulardan maksimal foyda olish uchun muzlatilgan holda iste’mol qilinadi.

Zanjabil

Zanjabilning afzalliklari haqida ko‘pchilik biladi. Shuning uchun ham shamollash va grippda muntazam iste’mol qilish tavsiya etiladi. Zanjabilning yana bir jihati shundaki, u vazn tashlashda ham samarali mahsulot hisoblanadi. Har kuni ertalab och qoringa zanjabilli ichimlik ichishni odat qilish kerak. Buning uchun zanjabil maydalanib, suvga solinadi, ustidan limon sharbati va asal qo‘shiladi. Bir kechaga muzlatkichda qoldirilgan damlamani 3-5 kun davomida ichish mumkin.

Foto: Harper’s Bazaar

Qovoq

Qovoq immunitetni kuchaytiradigan mahsulot emas. Uning tarkibida ko‘p miqdorda beta-karotin mavjud bo‘lib, bu tanadagi hujayralarning faolligini oshiradi. Albatta, ular immunitet tizimi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, organizmning himoya kuchini oshiradi.

D vitaminiga boy mahsulotlar

Kuz va qish mavsumida quyosh nuridan yetarli olmaslik D vitaminga bo‘lgan ehtiyojni orttiradi. Pandemiya vaqtida esa iliq ob-havoli mamlakatlarga borish bir qancha qiyinchiliklar tug‘diradi, D vitamini esa faqatgina oziq-ovqat mahsulotlaridan olinadi. Buning uchun baliq, losos go‘shti, sut, zig‘ir urug‘i, kungaboqar va oshqovoq yog‘larini iste’mol qilish kerak.

Foto: Harper’s Bazaar

Don mahsulotlari

Donli mahsulot bo‘tqalari tana uchun zarur bo‘lgan mikroelementlarning ajoyib manbayidir. Mahsulotlar tarkibidagi tolalar organizmning himoya xususiyatlarini oshiradi. Nonushta uchun suli, grechka va arpa bo‘tqasi juda foydali bo‘lib, sovuq mavsumda ko‘proq iste’mol qilish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.