Ananasni qanday tanlash kerak: mazali va sersuv mevani sotib olish uchun 4 ta maslahat
Ananas eng mashhur va mazali mevalardan biri hisoblanadi. U turli xil vitamin va mikroelementlarga boy. Ko‘pincha salat, shirinliklar uchun ushbu sharbatga boy meva qo‘shiladi. Ananas tarkibida bromelin fermenti mavjud bo‘lib, u go‘shtni yumshatishga ham yordam beradi. Shuning uchun ushbu meva marinadlash uchun ham qo‘shiladi. Pishgan ananasni qanday tanlash va chindan ham yangi meva sotib olishni bilish har qanday inson uchun muhimdir, deb yozadi “Glavred”.
Foto: PinterestAnanasning tashqari ko‘rinishiga e’tibor qaratiladi
Ma’lum bo‘lishicha, pishgan ananas oval shaklda, poyasi quruq va zich, uzunligi taxminan 10-12 santimetr bo‘ladi. Ananasning rangi biroz sariq-jigarrang, qurigan bo‘lishi kerak. Ularning orasida quyuq yashil yoki jigarrang chiziqlar ham bo‘lishi mumkin. Agar ananasning po‘sti yashil bo‘lsa, unda meva hali to‘liq pishmagan. Jigarrang yoki qizg‘ish rang qobiq ananasning sifati yomonlashganidan darak beradi.
Foto: PinterestAnanas bosib ko‘riladi
Ananas tanlashda uni qo‘lga olib ko‘rish lozim. Mazali va pishgan ananasning terisi odatda qattiq bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki, ananasning terisi bosib ko‘rilganda bir zumda avvalgi shakliga qaytishi kerak. Agar iz qolsa, bu meva sifatida o‘zgarish boshlanganining belgisidir. Ammo ananas kokos kabi qattiq bo‘lsa, u hali pishmagan hisoblanadi.
Foto: PinterestAnanasning og‘irligi 1-2 kilogrammgacha bo‘lishi mumkin. Mevaning yengilligi ananas quriy boshlaganini va massasini yo‘qotganini ko‘rsatadi. Bu kabi ananaslarni sotib olish tavsiya etilmaydi. Og‘ir ananasni topib, uni taqillatib ko‘rish kerak. Xuddi tarvuz tanlagan kabi. Agar uni urib ko‘rish paytida bo‘g‘iq ovoz eshitilsa, meva pishgan hamda sersuv bo‘ladi, aniq ovoz eshitilsa, aksincha uning pishishiga biroz vaqt kerak.
Atrofi tekshiriladi va bargi burab ko‘riladi
Ko‘pincha, do‘konlarda allaqachon uzilgan ananas sotiladi. Sotuvchilar mevaning pishganini faqatgina kesib ko‘rilgandagina aniqlash mumkinligini aytishi mumkin. Lekin umuman unday emas.
Buning uchun ananasning yuqorisidagi barglar ko‘rinishiga yaxshiroq qarash lozim. Pishgan ananas quyuq yashil kurtaklar bilan ajralib turadi. Ammo yorqin yashil mevaning to‘liq pishmaganini ko‘rsatadi. Mevasi qattiq, ta’msiz va butunlay quruq bo‘ladi. Jigarrang barglar esa ananasning pishish muddatidan ancha o‘tganining belgisidir.
Shuningdek, mevaning barglari biroz burab ko‘riladi, agar bu amalga oshsa, demak, ananas pishgan va suvli. Aksincha bo‘lsa, meva juda erta uzilgan bo‘lishi mumkin.
Ananasni hidlab ko‘rish kerak
Foto: PinterestMeva qo‘lda turganida ham o‘zidan shirin xushbo‘y hid taratsa, demak ananasda hammasi joyida. Yashil, hali pishmagan mevaning hidi bo‘lmaydi. U sifastsiz, balki ichki qismi chirigan bo‘lishi ham mumkin.
Manba