Buyrakda toshlar borligini bildiruvchi 6 ta alomat
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, katta insonlarning 10-15 foizi hayotida buyrakda tosh paydo bo‘lishi kabi noxush kasallikka duch keladi. Ayniqsa, 40 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan insonlarda xavf ortadi. Bundan tashqari, allaqachon buyragida toshi bor bemorlarda yangi tosh paydo bo‘lish ehtimoli 50 foizga oshadi. Shuning uchun ham kasallikning dastlabki belgilarini bilish juda muhim, deb yozadi “Noviy ochag”.
Foto: “Noviy ochag”To‘satdan kuchli og‘riqning kuzatilishi
Qorin bo‘shlig‘ida yoki belning bir tomonida joylashgan juda kuchli og‘riq buyrak toshlarining eng keng tarqalgan alomatidir. Uning intensivligi va kuchi ko‘pincha tug‘uruq og‘rig‘i bilan taqqoslanadi va na organizm holati, na vaqt o‘tishi muammoni bartaraf etmaydi. Toshning harakatlanishi bilan og‘riq sohasi o‘zgarishi mumkin.
Peshobda qon paydo bo‘lishi
Peshobda qon tomchilarining paydo bo‘lishi organizmda biror mavjud muammoning belgisidir. Agar shunga o‘xshash holat kuzatilsa, albatta, shifokor bilan maslahatlashish juda ham muhim. Shuni esda tutish kerakki, buyrak toshlari peshobdagi qonning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir.
Ko‘ngil aynishi, qayt qilish va rangparlik
Ko‘ngil aynishi, qayt qilish, terlash va rangparlik ham buyrakda tosh mavjudligining belgisi bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, tosh buyrakning normal ishlashiga xalaqit beradi va xavfli moddalar organizmda qolib, infeksiyaning rivojlanishiga va zaharlanish belgilariga o‘xshash alomatlarga olib keladi.
Buyrakda tosh paydo bo‘lishining qanday oldini olish mumkin?
Buyrakda tosh paydo bo‘lishining asosiy sabablaridan biri bu organizmdagi suvning yetishmasligi. Suv peshobdagi ushbu moddalarning konsenratsiyasini suyultirishga yordam beradi, ular keyinchalik qattiqlashadi va toshga aylanadi. Shuning uchun issiq mavsumda namlik va ichimlikning muvozanatiga rioya qilishni kuzatish muhimdir.
Nazorat qilinishi kerak bo‘lgan yana bir muhim omil — tuz miqdori. Natriyga boy ratsion siydikdagi kalsiyni ko‘paytiradi, bu esa oksalat yoki fosfor bilan birlashib, buyrak toshlarini hosil qiladi. Hattoki ortiqcha hayvon oqsili ham buyrak toshlari xavfini oshiradi, chunki u organizmdagi peshob kislotasi miqdorini oshiradi, bu ham buyrak toshlarini hosil qilishi mumkin.
Manba