Salomatlik Salomatlik Buyrakda tosh paydo bo‘lishiga olib keladigan 5 ta mahsulot

Buyrakda tosh paydo bo‘lishiga olib keladigan 5 ta mahsulot

O'qildi: 275


Buyrakda tosh paydo bo‘lishiga olib keladigan 5 ta mahsulot

Ayrim toifadagi oziq-ovqatlar buyrakda toshlarning paydo bo‘lishiga hissa qo‘shishi mumkin. Natijada sog‘liqda jiddiy muammolar yuzaga keladi, ammo buning oldini olish imkoniyati mavjud. Marie Claire nashri buyraklar uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar bilan tanishtirdi.

Foto: Marie Claire

Buyrak toshlari — bu buyraklar ichida hosil bo‘ladigan mineral va tuzlarning qattiq massasi. Bu og‘riq keltirib chiqaradigan holat bo‘lib, agar davolanmasa, peshob bilan bog‘liq muammolar buyraklarning shikastlanishiga olib keladi. Noto‘g‘ri ovqatlanish, kam suyuqlik ichish, ortiqcha vazn, ba’zi dori-darmon va qo‘shimchalar kabi turli omillar tufayli yuzaga keladigan keng tarqalgan sog‘liq muammosidir.

Yaxshi tomoni shundaki, sog‘lom turmush tarzini tanlash orqali buyraklardagi tosh xavfining oldini olish yoki kamaytirish mumkin. Bunga ma’lum mahsulotlarni iste’mol qilishni rad etish yoki cheklash kiradi. Agar sizda avvaldan buyrakda toshlar bo‘lgan bo‘lsa, ularning turini bilib, ratsionni o‘zgartirish muammoning oldini olishga samarali yordam beradi.

Hayvon oqsili

Foto: Marie Claire

Ratsionda har kuni yetarli miqdorda oqsil bo‘lsa ham, mol go‘shti, tovuq, baliq va tuxum kabi hayvonlarning oqsillarini iste’mol qilish organizm ishlab chiqaradigan peshob kislotasi miqdorini oshirishi mumkin. Hayvonlar oqsilini o‘simlik oqsili bilan almashtirish tavsiya etiladi. Uning manbai dukkaklilar, soya mahsulotlari va yong‘oqlardir. Ushbu chora buyrak toshlari xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Natriyga boy mahsulotlar

Foto: Marie Claire

Natriyga boy mahsulotlar iste’mol qilish peshobda kalsiy miqdorini ko‘paytiradi va shu bilan kalsiy oksalat toshlari, shuningdek, kalsiy fosfat toshlari xavfi oshadi. Fastfud, konserva, qayta ishlangan go‘sht iste’molini kamaytirish lozim. Bundan tashqari, yuqori miqdorli natriyli ziravorlardan voz kechish va iloji boricha ularni ko‘kat va boshqa zararsiz ziravorlar bilan almashtirish kerak.

Shakar qo‘shimchasi

Foto: Marie Claire

Shakar qo‘shimchasi yoki tozalangan shakar nafaqat buyraklarda tosh paydo bo‘lish ehtimolini, balki yurak xastaligi va boshqa ko‘plab jiddiy kasalliklar xavfini ham oshiradi. Shakarli ichimliklar peshobdagi kalsiy miqdorini oshirishi va uning hajmini kamaytirishi mumkin. Shakar va sirop qo‘shilgan barcha mahsulotlarni ratsiondan chiqarish tavsiya etiladi. Bu eng zararli moddalardan biridir.

Oksalatlarga boy mahsulotlar

Foto: Marie Claire

Yuqori oksalatli mahsulotlarni iste’mol qilishni cheklash orqali salomatlikka g‘amxo‘rlik qilish mumkin. Bular orasida ismaloq, lavlagi, yong‘oqlar, ayniqsa, bodom va keshyu, jumladan, yormalar, holva, konfetlar va boshqalar kiradi. Shuni yodda tutingki, oksalatga boy oziq-ovqat mahsulotlarini kalsiy bilan birlashtirish organizmga oksalat bilan kurashishda yordam beradi va buyrakda tosh paydo bo‘lishining oldini oladi.

Spirtli ichimliklar

Foto: Marie Claire

Spirtli ichimliklar diuretik bo‘lganligi sababli, u suvsizlanishga olib kelishi mumkin va shu bilan birga, buyraklarda toshlar xavfini oshiradi. Spirtli ichimliklar purinlar ishlab chiqarishni oshiradi, bu qon va peshobda kislota darajasining oshishiga olib keladi. Ortiqcha peshob kislotasi buyraklarda toshlarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Spirtli ichimliklar diuretik bo‘lishdan tashqari, organizmni bo‘sh kaloriyalar bilan ham ta’minlaydi va kilogramm ortishiga hissa qo‘shadi. Buning o‘rniga, buyraklarda tosh paydo bo‘lishining oldini olish, metabolizm va umumiy salomatlikni yaxshilash uchun yetarli miqdorda suv ichish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.