Salomatlik Salomatlik Buyrakda tosh paydo bo‘lganidan darak beruvchi simptomlar

Buyrakda tosh paydo bo‘lganidan darak beruvchi simptomlar

O'qildi: 376


Buyrakda tosh paydo bo‘lganidan darak beruvchi simptomlar

Shifokorlarning ta’kidlashiga qaraganda 10-15 foiz odam buyrakda tosh borligidan aziyat chekadi, ayniqsa 40-60 yoshdagilarda mazkur kasallikka chalinish ehtimoli yuqori bo‘ladi “Domashniy Ochag” kasallik simptomlari va sabablari bilan bo‘lishadi.

Foto: Getty Images

To‘satdan kuchli og‘riq paydo bo‘lishi

Qorinda yoki belning bir qismida kuchli og‘riqning paydo bo‘lishi buyraklarda tosh borligining eng asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Kuchli og‘riq tana vaziyatini o‘zgartirilganda ham vaqt o‘tganidan keyin ham qolmaydi. Qimirlaganda yoki harakatlanganda tosh o‘rnidan siljib yana ham ko‘proq og‘riq berishi mumkin.

Qon aralash peshob

Peshobda qon bo‘lishi organizmda qandaydir muammo borligidan signal bo‘lishi mumkin. Agar sizda ham ushbu belgi kuzatiladigan bo‘lsa vaqtni o‘tkazmay, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Unutmang, peshobda qon paydo bo‘lishining asosiy sabablaridan biri buyrakdagi tosh bilan bog‘liq bo‘ladi.

Ko‘ngil aynishi, qayt va rang oqarishi

Ko‘ngil ayniganini his qilish, teri rangining oqarib ketishi bilan birga kuzatiladigan qayt qilish buyrakda tosh borligidan darak beradi. Bunga toshning buyrak faoliyatiga xalal qilishi va buning oqibatida organizmda infeksiya rivojlanib, zararli moddalarning qolgani sabab bo‘ladi.

Organizmda suyuqlikning yetarli miqdorda bo‘lmasligi

Buyraklarda tosh paydo bo‘lishining asosiy sabablaridan biri organizmda suvning yetarli emasligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Suv peshobdagi moddalar konsentratsiyasini suyultirishga yordam beradi uning yetarli bo‘lmasligi oqibatida esa ular qattiqlashadi va toshga aylanadi. Shu sababdan ham suv balansiga rioya qilish va ayniqsa issiq kunlarda ko‘p suyuqlik ichish kerak.

Ratsionda tuzning ko‘pligi

Buyraklarda tosh paydo bo‘lmasligi uchun e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlardan yana biri tuz miqdorini nazorat qilish hisoblanadi. Tarkibida natriy miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni iste’​mol qilish peshobda kalsiy ko‘payishiga olib keladi. Kalsiy oksalat va fosfor bilan birlashib esa buyrakda tosh hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

O‘simlik oqsilini ko‘p iste’mol qilish

Tarkibida o‘simlik oqsili ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni me’yoridan ko‘p iste’mol qilinishi ham buyrakda tosh paydo bo‘lishining sabablaridan biri. Bu tanovuldan keyin organizmda keraksiz kislota miqdori oshishi bilan bog‘liq.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.