Yangi yilgacha ozish uchun voz kechish tavsiya etiladigan 5 ta oziq-ovqat mahsuloti
Yangi yilgacha bor-yo‘g‘i bir oy qoldi. Bayramga bir necha ortiqcha kilogrammdan qutulmoqchi bo‘lganlar qattiq parhezga o‘tib, organizmni kuchli stressga duchor qilmasligi uchun ishni hozirdan boshlagani ma’qul. Buning uchun atigi bir nechta oziq-ovqat mahsulotlari hamda ichimliklarni ratsiondan chiqarib tashlash talab etiladi. Bu usul orqali vazn yo‘qotish unchalik qiyin emas, deb yozadi “Noviy ochag”.
Foto: “Noviy ochag”Uglevodga boy gazaklar
Bunga non, xamir ovqatlar, baton, kreker va boshqa gazaklar kiradi. Uglevodli gazaklar qonda shakarning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, buning natijasida butunlay bo‘sh kaloriyalar — tort, shirinlik, shokolad va boshqa qandolat mahsulotlariga ishtiyoq kuchayadi. Buning o‘rniga sog‘lom oqsil va yog‘li gazaklar — pishloq, sabzavotli xumus yoki yeryong‘oq pastasini iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Qadoqlangan sharbatlar
Hatto shakarsiz yangi siqilgan sharbatlar ham qondagi glyukoza darajasining ko‘tarilishiga olib keladi, do‘kondan sotib olingan katta miqdordagi shakar qo‘shilgan sharbatlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Buning o‘rniga toza suv, shakarsiz choy va qahva ichish mumkin.
Muzlatilgan yarim tayyor mahsulotlar
Kotlet, do‘lma, naggetslar, muzlatilgan kechki ovqatlar — ko‘pincha bunday tezkor mahsulotlarga ko‘p tuz qo‘shiladi(chunki ular tabiiy konservantdir). Tuz esa organizmdagi suvni ushlab turishning asosiy sabablaridan biridir. Natijada shish va kilogramm ortishi kuzatiladi. Bu ham teskari yo‘nalishda ishlaydi: agar ko‘p miqdorda natriy bo‘lgan yarim tayyor mahsulotlar ratsiondan chiqarib tashlansa, shish pasayadi va vazn bir necha kiloga kamayadi. Buning o‘rniga shunchaki uyda taom tayyorlash va uni sovitkichda saqlash mumkin.
Gazlangan ichimliklar
Barcha mashhur gazli ichimlik brendlari shakar va bo‘sh kaloriyalarda iborat. Ratsiondan hatto shakar o‘rniga uning o‘rnini bosuvchi ichimliklarni ham chiqarib tashlash kerak. Parhezshunoslarning ta’kidlashicha, bunday ichimliklarda kamroq kaloriya bo‘lsa ham, shirinliklarga bo‘lgan ishtiyoqni oshiradi. Gazli mineral suv esa organizm uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi.
Spirtli ichimliklar
Spirtli ichimliklar ham shish paydo bo‘lishiga olib keladi. Ishtahani oshiradi va iste’mol qilinadigan gazaklar miqodirni nazorat qilish qobiliyatini kamaytiradi. Agar vazn yo‘qotish kerak bo‘lsa, barcha turdagi spirtli ichimliklardan voz kechish kerak. Bu nafaqat vazn uchun, balki salomatlik uchun ham foydali.
Manba