Salomatlik Salomatlik Nima uchun oyoqlar shishadi: bu qanday kasallikning alomati bo‘lishi mumkin?

Nima uchun oyoqlar shishadi: bu qanday kasallikning alomati bo‘lishi mumkin?

O'qildi: 259


Nima uchun oyoqlar shishadi: bu qanday kasallikning alomati bo‘lishi mumkin?

Oyoqlarning shishishi har qanday inson duch keladigan muammodir. Oyoq va to‘piq atrofidagi to‘qimalarda suyuqlikning to‘planishi bir qator jiddiy muammolarni ko‘rsatishi mumkin, ularning ba’zilari shoshilinch tibbiy yordamni talab qiladi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: Pinterest

Zo‘riqish oqibatida

Hatto sog‘lom odamlarda ham normal qon aylanishiga to‘sqinlik qiluvchi yopiq, tor poyabzal kiyilganda, o‘tirgan yoki tik turgan holda uzoq vaqt ishlagandan keyin yoki uzoq muddatli jismoniy mehnat tufayli oyoqlar shishadi. Bunday holda yechim nisbatan oddiy: oyoqlarni siqmaydigan mos poyabzallarni tanlash, tabiiy materiallardan paypoq kiyish, yetarli miqdorda suyuqlik ichish, tuzni cheklash, ishdan tanaffus qilish va oyoqlarni yuqoriga ko‘tarib dam olish tavsiya etiladi.

Dori-darmonlar qabul qilganda

Oyoq shishi ba’zi dorilarning ta’siri tufayli ham bo‘lishi mumkin. Bu guruhga gormonlarni almashtiruvchi davo preparatlari(ayollarda estrogen, shu jumladan kontratseptivlar), antidepressantlar, qon bosimiga qarshi, diabet, yallig‘lanishga qarshi dorilar kiradi.

Jarohatlanganda

Shish noqulaylik tug‘dirmasa ham, ma’lum bir muammoning asosiy belgisidir. Agar oyoq noqulay joylashtirilsa yoki almashtirib o‘tirilsa, bu to‘qimalarning shishishiga olib keladi. Muammoni bartaraf etish uchun oyoqlarda stressning oldini olish va iloji bo'lsa, uning harakatchanligini cheklash, elastik bandaj, sovuq kompresslarni qo‘llash va oyoqlarni baland tutish kerak. Qabul qilingan chora-tadbirlar vaziyatni yengillashtirmasa, shifokorning maslahati talab qilinadi.

Venoz yetishmovchiligi

To‘piq va tizzalarning shishi qon aylanishining buzilishi va oyoqlarda qonni ushlab turishi tufayli venoz yetishmovchiligi belgisi bo‘lishi mumkin. Tomirlardagi klapanlar qonning teskari yo‘nalishda, oyoq-qo‘llardan yurakka o‘tishiga yordam beradi, tortishish kuchini yengadi, lekin keksalarda yoki kasalliklar tufayli ular to‘liq ishlashni to‘xtatishi mumkin. Surunkali venoz yetishmovchiligi nafaqat shish paydo bo‘lishiga, balki oyoqlarda yaralar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ushbu holatda flebolog bilan maslahatlashish zarur.

Tromboz

Qonda tromblar paydo bo‘lganda, oyoqlardan yurakka normal qon aylanishi to‘xtaydi. Yuzaki yoki chuqur tromblar bir yoki bir nechta tomirlarga tiqilib qolishi mumkin. Tromboz hayot uchun katta xavf tug‘diradi, chunki u yurak yoki o‘pkaga kirsa, o‘limga olib kelishi mumkin. Agar shishgan oyoqda og‘riq sezilsa, shish paydo bo‘lgan joyda tana harorati ko‘tariladi, terining rangi o‘zgaradi. Bunday vaqtda darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Homiladorlik va uning asoratlari

Homiladorlik davrida shish paydo bo‘lishi deyarli me’yordir, ayniqsa uning oxirgi bosqichlarida. Biroq dam olishdan keyin ham ketmaydigan oyoqlarning o‘tkir va kuchli shishi murakkab homiladorlik belgilaridan biridir. Bu odatda 20-haftadan keyin yuqori qon bosimi va peshobda oqsil mavjudligi bilan kuzatiladi. Agar homilador ayol bosh og‘rig‘i, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, ko‘rishning pasayishi va tez-tez hojatga chiqishni boshdan kechirsa, homiladorlikni kuzatuvchi mutaxassisga shoshilinch murojaat qilish zarur. Chunki ona va homila hayotiga tahdid soladigan holatni aniqlash juda ham muhim.

Infeksiya

Oyoqlarning shishi infektsiyadan kelib chiqishi mumkin. Bu sabab ko‘pincha diabetga chalingan odamlarda, shuningdek, bo‘g‘imlarga ta’sir qiluvchi asab tizimining kasalliklarida uchraydi. Agar qandli diabet tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, oyoqlarni diqqat bilan kuzatib borish kerak, chunki yaralarning yiringlashi kuchli yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin.

Limfedema

To‘qimalarda limfa turg‘unligi — oyoqlarning shishishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan og‘riqli holat. Organizmdagi suyuqlikning aylanishidagi qiyinchilik limfa tugunlarida yuqumli jarayon yoki ularning shikastlanishi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Ushbu kasallik darhol davolanishni talab qiladi.

Yurak-qon tomir, buyrak yoki jigar kasalliklari

Agar kechqurun oyoqlarda shish paydo bo‘lsa, bu yurakning o‘ng yarmi yetishmovchiligi tufayli organizmdagi tuzlar va suyuqlikni ushlab turishning belgisidir. Buyraklar faoliyatidagi kamchiliklar ham suyuqlikni ushlab turishga olib keladi. Jigar kasalliklarida albumin chiqariladi, bu tomirlardan qonning atrofdagi to‘qimalarga kirib borishiga olib keladi. Gravitatsiya tufayli suyuqlik oyoq va tizzalarda to‘planadi. Shishga qo‘shimcha ravishda surunkali charchoq, ishtahaning yo‘qolishi, vazn kamayishi alomatlari kuzatiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.