Shakar va un mahsulotlaridan voz kechilsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Shakar — bu bir qarashda zararsiz ko‘rinadigan mahsulot. Un ham xuddi shunday xususiyatga ega. Ammo bunday mahsulotlardan voz kechish unchalik oson ish emas. Wday nashri ushbu ikki mahsulot iste’moli to‘xtatilsa, organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y berishini sanab o‘tdi.
Foto: PinterestOrganizm va miya tom ma’noda refleksga o‘rgangan, qancha ko‘p shirinlik iste’mol qilinsa, unga nisbatan ko‘proq ishtiyoq paydo bo‘laveradi. Qolaversa, kunlik glyukoza normasi shakardan emas, balki don, sabzavot va mevalardan olinadi. Ammo un mahsulotlarini tamoman ratsiondan chiqarishning imkoni bo‘lmasa, javdar noni bilan almashtirish mumkin.
Shakar esa juda ko‘p mahsulotlar tarkibida yashiringan: gazli ichimlik, sirop, qahva, souslar, fastfud taomlari va yarim tayyor mahsulotlar. Non, bulochka, pirog, keks va makaron mahsulotlari esa unni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasini ratsiondan chiqarib tashlash esa unchalik ham oson emas.
Har bir inson kamida bir marta bu zararli mahsulotlardan voz kechish haqida o‘ylaydi. Ammo bir oy davomida shakar va un mahsulotlaridan voz kechgan odamning natijalaridan boshqa hech narsa bunga undamaydi. Keling, un va shakar iste’mol ilmaganda, organizmda nima sodir bo‘lishini ko‘rib chiqaylik.
Ikki kun ichida:
Dastlabki kunlar oson o‘tmaydi. Asabiylashish va tobelik xurujlari bo‘lishi mumkin, bu kayfiyatning tushishiga olib keladi. Ammo esda tutish kerakki, bu bir necha kun davom etadi. Organizm buni yengishga qodir. Keyinchalik cheklovlarga rioya qilish osonlashadi.
Bir haftadan keyin:
Bir haftadan so‘ng energiya va kuch paydo bo‘ladi. Teri yaxshilanadi, metabolizm tezlashadi va oshqozon osti bezi soat kabi ishlaydi. Shakar stress gormoni kortizol ishlab chiqarilishini qo‘zg‘atganligi sababli shirinliksiz o‘tgan bir haftadan keyin uyqu sifati yaxshilanadi, hatto uyg‘onish ham oson kechadi.
10 kundan keyin:
Yurak-qon tomir tizimi yaxshi ishlay boshlaydi, chunki shakar tufayli paydo bo‘lgan zo‘riqish kamayadi. Shuningdek, 1-2 kilogrammga vazn kamayishi mumkin. Natijalarning barchasi ijobiy ko‘rinishda bo‘ladi.
Bir oy ichida organizmga nima bo‘ladi?
Teri silliqlashadi, teri ko‘chishi to‘xtaydi. Shubhasiz, yoshroq ko‘rinish mumkin, 3-8 kilogrammga vazn kamayadi. Organizm tetiklashadi, ko‘proq harakat qilish va tez-tez mashq qilish istagi paydo bo‘ladi. Miya faolroq ishlay boshlaydi, yangi ma’lumotlar avvalgidan ko‘ra yaxshiroq esda qoladi.
Shakar va undan voz kechish xuddi panatseya(bu barcha kasalliklar uchun afsonaviy universal vosita bo‘lib, u hayotni uzaytirishi mumkin)ga o‘xshaydi. Lekin aslida, bu ortiqcha vaznni yo‘qotish, energiya olish va organizmni tartibga solishning ajoyib usuli. Ushbu cheklovlarga doimiy ravishda amal qila olish bu insonning o‘ziga bog‘liq. Ammo salomatlik va uzoq umr ko‘rish uchun sinab ko‘rishga arziydi.
Manba