Hamma gap kovidda emas: pandemiya tana a’zolarimizga qay darajada ta’sir qildi?
Kovid deb nomlangan global falokat insoniyat uchun juda og‘ir keldi. So‘nggi yillardagi tibbiy statistika shuni ko‘rsatadiki, tanamiz nafaqat yangi infeksiyaga, balki izolyatsiyada yashash oqibatlariga ham o‘ta zaif. “Noviy ochag” nashri pandemiya asab tizimi, tishlar, ko‘zlar va boshqa tana a’zolarimizga qanday ta’sir qilgani haqida so‘nggi tadqiqot natijalari va mutaxassislar fikrlarini to‘pladi.
Ko‘zlarimiz
Ma’lumki, yurish va toza havoda sayr qilishning cheklanishi uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik yoki tibbiyot tilida aytilganidek miyopiya rivojlanish xavfini oshiradi. 2021-yilda JAMA Ophtalmology tibbiyot jurnali Xitoyning Feycheng okrugi aholisining ko‘z salomatligini o‘rganish natijalari to‘g‘risida maqola chop etdi. Tadqiqot mualliflari besh yil davomida(2015-yildan 2020-yilgacha)10 ta boshlang‘ich maktabning 123 535 nafar o‘quvchisini kuzatdi va miyopiya holatlari ikki baravarga oshganini aniqladi. Shu bilan birga, 9 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bunday kasallik kuzatilmadi. Kaliforniya universiteti Optometriya maktabining tibbiyot fanlari professori Mika Moyning fikricha, so‘nggi yillarda ishlaydigan o‘rta yoshli odamlarda ham ko‘rish yomonlashgan.
Foto: UnsplashIrsiy omilga qo‘shimcha ravishda miyopiya rivojlanishida asosiy rolni ko‘zning zo‘riqishi, xususan, kam yorug‘lik sharoitida 20 santimetrdan kam masofada joylashgan narsalarni o‘qish yoki qarash o‘ynaydi.
Doktor Moyning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik karantinni kecha-yu kunduz televizor ekrani, noutbuk va telefon oldida o‘tkazdi. Ushbu turdagi vizual faoliyatning xavfi shundaki, bunday holatda shilliq qavatlar tabiiy yog‘lanishini yo‘qoladi, bu esa “quruq ko‘z sindromi” deb ataladigan holatga olib keladi.
Yana bir xavf omili — telefondan taraladigan moviy nur tufayli ko‘rishning pasayishiga olib keladi. Ma’lumki, bu spektrning nurlari to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘z shoh pardasiga qaratilgan bo‘lib, bu tasvirning xiralashishiga olib keladi. Moviy yorug‘lik shox parda hujayralariga ham salbiy ta’sir qiladi, shuning uchun telefonni sevuvchilar ko‘pincha quruq va tirnash xususiyati beruvchi simptomni boshdan kechiradi, bu keyinchalik quruq ko‘z sindromining rivojlanishiga va doimiy ravishda dori-darmonlarni qo‘llash zarurligiga olib keladi.
Ko‘zlaringizni asrash uchun 20-20-20 qoidasiga rioya qiling, ya’ni har 20 daqiqada sizdan 20 metr uzoqlikdagi obyektga 20 soniya davomida qarang. Iloji bo‘lsa, bir muddat toza havoga chiqing.
Manba