2021-yilda kosmetologiyada nimalar trendda bo‘ladi?
Bugungi kunga kelib kosmetologiyaga bo‘lgan talab boshqa sohalarga nisbatan ko‘p bo‘lsa ko‘pki, ammo kam emas. Yillar o‘tishi, texnologiya va mijozlarning talabiga qarab esa undagi trendlar ham o‘zgarib boradi. 2021-yilda nimalar dolzarb bo‘lishi haqida shifokor-kosmetolog Aleksandr Yurevich Golovkov javob beradi.
Foto: FreepikUltratovushli Smas-lifting, plastik jarrohlikka alternativ sifatida
Avval yuz shakli faqatgina jarrohlik amaliyoti bilan tig‘ yordamida o‘zgartirilgan bo‘lsa, bugunga kelib bunga hojat qolmadi. Ultratovushli Smas-lifting bilan tig‘ tegizmasdan turib ham yuz va terini taranglashtirish mumkin. Bunda ultratovush kollagen hujayralariga ta’sir ko‘rsatadi va yog‘ hujayralarini kamaytiradi. Teri taranglashadi, tortiladi va plastik amaliyotdan ko‘ra ancha samarali natijaga erishiladi. Ushbu jarayonni amalga oshiradigan apparatlarning turi ham ko‘p va uni tanlash kosmetolog shifokor xohishiga bog‘liq.
Muolajalarning umumlashmasi
Shifokor mutaxassislar bir seansning o‘zida bir nechta muolajani umumlashtirishni tavsiya qiladi. Bunga ularning bir-birini to‘ldirish va tezroq kutilgandan ham a’lo samara berishi va uzoq vaqtga yetishi sabab. Masalan, lazerli muolajaning lifting yoki plazmoterapiya bilan bir vaqtda amalga oshirsa bo‘ladi. BBL bilan mezoterapiya va biorevitalizatsiya hamda plazmoliftingni ham umumlashtirish mumkin. BBL terapiya, Smas-liftingni bir vaqtda bajarilishi esa mijozlar tomonidan ham eng talab ko‘p bo‘lgan muolaja hisoblanadi.
Yosh mijozlar soni ko‘payadi
Estetik tibbiyot nafaqat, yoshi kattalar, balki istalgan yoshda terisi go‘zal va sog‘lom bo‘lishini istagan har qanday yoshdagi ayol-qizlar uchun ayni muddao. Yoshlarga mezoterapiya kokteyllari, asosida gialuron kislota, aminokislota bo‘lgan, terini namlantirish, mayda ajinlarni kamaytirish va teri rangiga yorqinlik baxsh etadigan biorevitalizatsiya tavsiya qilinadi. 2021-yilda tabiiy ko‘rinish, ortiqcha shishirib yuborilmagan yanoqlar urfda bo‘ladi. Kosmetologga murojaat qiladiganlarga esa yuzning tabiiy tuzilishidan kelib chiqib shunchaki ozgina urg‘u berish tavsiya qilinadi.
Apparatli kosmetologiya
Nafaqat 2021-yilda, balki yaqin kelajakda ham bunday kosmetologiya uzoq vaqt dolzarb bo‘lishiga shubha yo‘q. Lifting va BBl(fototerapiya)qildirgan mijozlar inyeksion muolajalardan foydalanishni istamay qolgani ko‘p kuzatilgan. Shuningdek, Profhilo biorevitalizantlari ham mashhurlik borasida ortda qolmadi. Ushbu texnika asosida muolaja olib borish tez amalga oshiriladi va undan keyin shishlar qolmaydi. Undan qisqa vaqt keyin yuz tarang va sog‘lom ko‘rinadi.
Ko‘zga urg‘u berish
Kosmetologiyada trendlar moda yoki go‘zallik sanoatidagi singari tez o‘zgargani bilan 2020-yilda hammasi boshqacharoq bo‘ldi, bunga esa deyarli yil davomida niqob taqib yurish sabab bo‘ldi. Niqob taqqanda yuzning pastki qismi yopilib turgani boisi ham e’tiborni ko‘z, ko‘z atrofidagi soha jalb qiladigan bo‘ldi va kosmetologlar ham shunga binoan shu soha bilan ko‘proq muolajalarni amalga oshirishni boshlab yubordi. 2021-yilda ham bu davom etishi kutilmoqda.
Yuzning barcha qismini botoks qilish
90-yillarda botoks qildirganlarning aksarisida yuzining shishib ketishi, ajinlar ko‘rinmay, notabiiy ko‘rinishi kuzatilgan. Ammo yillar davomida botoks borasida amalga oshirilgan bir qancha tadqiqotlarga ko‘ra, bugungi kundagisi avvalgidan farq qilishi, puxta ishlab chiqilgani hamda hatto tajribasi ko‘p bo‘lmagan kosmetolog ham kam xatoga yo‘l qo‘yishi aniqlangan. Bu asosan yuzning peshona, qosh orasi va ko‘z atrofidagi qismiga tegishli. Ammo so‘nggi yillarda botulotoksin preparati yuzning pastki qismi, bo‘yin va yelka sohalarida ham faol qo‘llanilmoqda. Bunday muolajaga inyeksiyalar, yuz shaklini to‘g‘rilaydigan lifting, iyaklar bilan amalga oshiriladigan jarayonlar kiradi.
Apparatlar sabab qomatning ixcham bo‘lishi
Selyullitlarni bartaraf qilish, mushaklarni taranglashtirish va yog‘larni kamaytirishga qaratilgan amaliyotlarni allaqachon amalga oshirish boshlangan. Endilikda Vegus Legacy deb ataladigan, terini radiochastotali nur bilan taranglashtirish hamda Intraceuticals Oxygen Body ( tanani kislorod bilan yoshartirish)texnikalaridan samarali foydalanish kutilmoqda. 2021-yilda terini silliq va tarang bo‘lishiga erishish har qachongidan ham oson bo‘ladi.
Tabiiy ko‘rinish trendda bo‘ladi
Yanoqlari va lablari shishirilgan qizlar tabiiy ko‘rinishga intilish va inyeksiyalarning natijasi yaqqol ko‘zga tashlanmaydiganini tanlashi mumkin bo‘ladi.
Telefon kamerasidan haddan ortiq yaqin foydalanish
Suratga tushish davomida haddan ortiq yaqin masofadan kameraga qarash yuzni obyektiv baholamaslik va unga o‘zgartirish kiritish masalan, burunni ingichkalashtirishni istashga olib kelishi mumkin.
Instagram va Face App singari ilovalarning filtrlarining ta’siri
Ushbu ilovalardan foydalanish davomida siz o‘zingizni 3 soniya davomida ideal ko‘rinishga ega, deb his qilishingiz mumkin lekin bu vaqtincha. Avvallari mijozlar yanog‘i va labini yulduzlarnikiga o‘xshatishni so‘rab kelgan bo‘lsa, endilikda Face App filtrida o‘zgargan qiyofaga o‘xshatib berishni so‘raydi. Bu esa tabiiyki, kosmetologiyadagi tendensiyalar o‘zgarishiga ham ta’sir qilmay qolmaydi.
Manba