Ovqatlardan zaharlanish: falokat qaysi tomondan keladi?
Ovqatlardan zaharlanish — keng tarqalgan, lekin, shunga qaramasdan, yoqimsiz, ba’zan esa juda xavfli muammo hisoblanadi. Zarar keltiruvchi mikroblar bilan zaharlangan odamlarda hech qanday alomatlar yuzaga chiqmasligi yoki alomatlar qorindagi yengil noqulaylikdan boshlanib qattiq suvsizlanish va qon ketish holatlariga aylanishi mumkin. Qanday qilib bu falokatlarning oldini olish mumkin?
Foto: “Zdorovie.com”Listeriya
Xom sabzavotlar va mevalar
Listeriya bakteriyalari yangi sabzavot va mevalarni buzishi mumkin. Masalan, buzilgan qovun ta’sirida zaharlanishdan 2 kun yoki 2 oydan keyin harorat ko‘tarilishi, mushaklarning og‘rishi, me’daning buzilishi va diareya holatlari bilan yuzaga chiqadi.Qanday himoyalanish kerak: Kesishdan oldin yangi sabzavot va mevalarni yaxshilab yuving, keyin esa quriting. Ularni sovitgichda +5 ° S va pastroq haroratda saqlang. Qovun tekkan hamma joylarni yuving!
Pasterizatsiya qilinmagan sut mahsulotlari
Pasterizatsiya qilinmagan sutdan tayyorlangan mahsulotlar, shu jumladan yogurt va yumshoq pishloqlar tarkibida listeriya bakteriyalari bo‘lishi mumkin. Modomiki listeriya past haroratlarda ham yashashi mumkin ekan, bu oziq-ovqatlarni sovitgichda saqlash uni yo‘qota olmaydi.Qanday himoyalanish kerak: Yorliqlarini tekshiring. Mahsulot pasterizatsiya qilinganiga ishonch hosil qiling.
Salmonella
Tovuq go‘shti va tuxum
Salmonella bakteriyalari hech qaysi oziq-ovqatlardan tap tortmaydi, lekin hayvonlardan olinadigan oziq-ovqatlar ko‘proq zaharlanish xavfini tug‘diradi. Tovuqlarda tuxumlarning zaharlanishi hali po‘choqlari shakllanmasdan oldin yuz berishi mumkin, shuning uchun hatto yangi va toza tuxumlar ham salmonella bilan zaharlangan bo‘lishi mumkin. Odamda zaharlanish alomatlari bakteriya bilan aloqadan 12—72 soatdan keyin qorindagi spazma, yuqori harorat va diareya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Kasallik 4—7 kun davom etishi mumkin.Qanday himoyalanish kerak: hech qachon xom yoki yaxshi pishirilmagan tuxumlarni yemang. Tayyorlash vaqtida tovuq go‘shtining harorati +75C ga yetishi kerak. Xom tovuq go‘shtiga pishgan go‘shtni va boshqa oziq-ovqatlarni tegizmang. Xom tovuq go‘shti bilan kontaktdan keyin qo‘llaringizni, ishlov beriladigan taxtalarni, oshxona jihozlarini va yuzalarni yuving.
Manba: “Zdorovie.com”
Manba