Salomatlik Goʼzallik Vanity Fair jurnali Lola Karimova-Tillayeva va uning The Harmonist brendi haqida maqola chop etdi

Vanity Fair jurnali Lola Karimova-Tillayeva va uning The Harmonist brendi haqida maqola chop etdi

O'qildi: 296


Vanity Fair jurnali Lola Karimova-Tillayeva va uning The Harmonist brendi haqida maqola chop etdi

Vanity Fair jurnali Lola Karimova-Tillayeva va uning The Harmonist brendi haqida maqola chop etdi. Bu haqda Lola-Karimova Tillayeva o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: “Lolakarimova.com”

Yangi The Harmonist Maison de Parfum atirlar uyi In va Yan uyg‘unligi falsafasiga tayanadi. “Atir haqida gap ketganda, ma’lum ifor barchaga ham birdek to‘g‘ri kelavermasligini yaxshi bilamiz. The Harmonist’ni yaratishda Fen-shuy ta’limotidan ilhomlandim”, – deydi brend asoschisi va iforlar uyg‘unligi konsepsiyasi muallifi Lola Karimova-Tillyayeva.

Ushbu brend atirlari besh unsur: tuproq, ma’dan, suv, yog‘och va olovni ifoda etadi.

  • tuproq: jamiyat bilan hamnafaslikka yordam beradi;
  • ma’dan: iste’dodni yuzaga chiqaradi;
  • suv: farovonlik keltiradi;
  • yog‘och: yuksak maqom va maftunkorlik baxsh etadi;
  • olov: donolik sari boshlaydi.
Lola Karimova-Tillyayeva kolleksiya mukammal bo‘lsin deya Armani Privé, Tom Ford, Commes des Garçons va boshqa brendlar uchun ajoyib iforlar yaratgan parfyumer Giyom Flavini bilan hamkorlik qildi. Ijodkor hassosligi bilan Lola Karimova-Tillyayevaning ko‘ngliga yo‘l topa oldi. Shu tariqa iforlar olami sari sirli sayohat boshlandi. Besh yillik izlanishlar mobaynida L.Karimova-Tillyayevaga Flavinining har bir unsurdan favqulodda mahorat bilan foydalana olishi manzur bo‘ldi.

“Giyom bilan hamkorlikdan ko‘nglim to‘ldi. U haqiqiy professional sifatida mening ijodiy g‘oya va qarashlarimni ro‘yobga chiqara oldi”, – deydi u.

Lola Karimova-Tillyayeva chinakam uyg‘unlikni go‘zallik kaliti deb biladi va to‘g‘ri tanlangan ifor insonning orzu-istaklari ro‘yobiga yordam berishiga ishonadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.