Salomatlik Salomatlik D vitamini darajasini tekshirtirish salomatlik uchun qanchalik muhim?

D vitamini darajasini tekshirtirish salomatlik uchun qanchalik muhim?

O'qildi: 299


D vitamini darajasini tekshirtirish salomatlik uchun qanchalik muhim?

D vitamini bugungi kunda eng mashhur vitaminlardan biridir. Ko‘pchilik organizm uni quyosh nurlari ta’sirida ishlab chiqarishini biladi, shuning uchun ham shimoliy kengliklarning aholisi muntazam ravishda yog‘li baliq va uni o‘z ichiga olgan boshqa oziq-ovqatlarni iste’mol qilishi kerak. D vitamini suyaklarni mustahkamlash, kayfiyatni yaxshilash, saraton xavfini kamaytirish, vazn yo‘qotish va hatto astma xurujlarini kamaytirishga yordam beradi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Qayerdagi odamlarda ko‘pincha D vitamini yetishmaydi?

Ajablanarlisi shundaki, quyosh vitaminining yetishmasligi yuqori darajada rivojlangan shimoliy mamlakatlarda yashovchilarga qaraganda janub aholisida ko‘proq kuzatiladi. Yetishmovchilik belgilari har doim ham sezilmaydi. Ammo D vitamini tanqisligi xavfini oshiradigan bir nechta omillar mavjud va agar ularning kamida yarmi bo‘lsa, birinchi bo‘lib ushbu vitamin darajasini tekshirtirish kerak.

Kamdan kam hollarda tashqariga chiqish

Kundalik D vitaminiga bo‘lgan ehtiyojni olish uchun quyoshda atigi 15-20 daqiqa vaqt o‘tkazish kifoya, degan qarash mavjud. Ammo ko‘pchilik buni ham amalga oshirmasligi mumkin. Ayniqsa, uyda ko‘p vaqt o‘tkazadiganlarda D vitamini tanqisligi kuzatilishi tabiiy.

Vegetarianlar

Vegetarianlar yoki shunchaki sut mahsulotlarini iste’mol qilmaslik(yoki faqat kam yog‘li ovqatlar iste’mol qilish)natijasida D vitamini yetishmovchiligi paydo bo‘lishi mumkin.

Ichaklar bilan bog‘liq muammo

Kron kasalligi, yarali kolit va boshqa yallig‘lanishli ichak kasalliklari o‘z-o‘zidan D vitamini yetishmovchiligiga olib kelmaydi. Ammo qo‘shimchalar va yallig‘lanishni kamaytirish o‘rtasidagi to‘g‘ridan to'g'ri bog‘liqlikni qo‘llab-quvvatlaydigan tadqiqotlar mavjud. Agar ichak kasalligi bo‘lsa, shifokor bilan D vitamini qabul qilish haqida maslahatlashish kerak.

70 yoshdan kattalar

Insonning yoshi o‘tgan sari organizm D vitaminini shunchalik yomon to‘playdi. Masalan, 70 yoshli odamlarda bu qobiliyat yigirma yoshlilarga qaraganda 75 foizga past. Shuning uchun vaqtida D vitamini yetarlimi yoki yo‘qligini tekshirishga arziydi.

Ortiqcha vazn

D vitamini yog‘da eriydi, ya’ni u yog‘ hujayralari tomonidan oson so‘riladi. Shuning uchun organizmda qancha yog‘ ko‘p bo‘lsa, D vitamini shunchalik kam bo‘ladi va yog‘da shunchalik ko‘p so‘riladi. Shuning uchun ortiqcha vaznga ega insonlarga D vitamini tanqisligi bor yo‘qligini tekshirish tavsiya etiladi.

Osteoporoz 

D vitamini suyak va bo‘g‘imlarning mustahkamligi uchun mas’ul bo‘lgan kalsiyning so‘rilishi uchun zarurdir. Suyaklar yetarli miqdorda kalsiy ololmaydigan osteoporozga chalingan bemorlarda nafaqat kalsiy, balki D vitamini ham yetishmasligi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.