Tuxum, brokolli va vazn kamaytirishga yordam beradigan boshqa tabiiy mahsulotlar
Dunyo ochlik e’lon qilish orqali mukammal qomatga erishish mumkin emasligini tushundi, shuning uchun bugungi kunda har bir inson tabiiy ravishda sport va to‘g‘ri ovqatlanishni afzal ko‘radi. Marie Claire nashri yog‘ni eritib, vazn kamaytirishga yordam beradigan mahsulotlar ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tdi.
Foto: Marie ClaireYong‘oq
Foto: Marie ClaireYong‘oq tarkibida omega-3 yog‘ kislotalari mavjud bo‘lib, ular yog‘ni eritish jarayonini boshlashga yordam beradi va kaloriyalarni zaxiralashni sekinlashtiradi. Shuning uchun yong‘oq nafaqat mazali, balki sog‘lom gazak ham vazn kamayishiga hissa qo‘shadi.
Yogurt
Foto: Marie ClaireTadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sut mahsulotlari vazn yo‘qotishga yordam beradi. Biroq bu mahsulotlar tabiiy va past kaloriya bo‘lishi kerak. Ratsionida fermentlangan sut mahsulotlari, masalan, yogurt bo‘lgan odamlar tezroq vazn yo‘qotishi isbotlangan. Bundan tashqari, pishloq kabi yuqori kaloriyali mahsulotlarni kamroq iste’mol qilishni hisobga olish kerak.
Tuxum
Foto: Marie ClaireTuxum D vitaminiga boy va bu vitamin tanqisligi kuzatilgan ayollarda ortiqcha vaznga ega bo‘lish ehtimoli ilmiy jihatdan isbotlangan. Olimlarning ta’kidlashicha, ushbu vitaminning yetishmasligi qorin chiqishiga olib keladi.
Ziravorlar
Foto: Marie ClaireDolchin metabolizmni tezlashtiradigan termogen xususiyatga ega, chili esa tana haroratini oshiradigan va yurak urishini tezlashtiradigan kapsaitsin deb ataladigan birikmani o‘z ichiga oladi, bu ham metabolizmni tezlashtirishga olib keladi. Achchiq mahsulotlar iste’moldan keyin uch soat o‘tgach ham metabolik jarayonlarni rag‘batlantirishda davom etishi isbotlangan.
Yog‘li baliq
Foto: Marie ClaireNomidan, albatta, parhezbop emas, lekin bunday baliq, bir necha ortiqcha kilogrammni yo‘qotishga yordam beradi. Chunki uning tarkibida organizmni uzoq vaqt to‘yintiradigan, shuningdek, ochlik gormoni bo‘lgan leptin darajasini pasaytiradigan sog‘lom yog‘lar mavjud.
Brokkoli
Foto: Marie ClaireAgar uni hali ham ratsionga kiritmagan bo‘lsangiz, shoshiling, chunki bu juda foydali mahsulot. Barcha stereotiplar va noto‘g‘ri tushunchalardan voz kechib, brokkoli iste’mol qilishdan zavqlanish kerak. Uning kaloriyasi kam, qolaversa, sekin ta’sir qiluvchi yog‘lar tufayli ochlik hissi uzoq vaqt davomida bezovta qilmaydi.
Manba