Salomatlik Salomatlik Quyosh nuri yetarli bo‘lsa ham: D vitaminining so‘rilishiga to‘sqinlik qiladigan 5 ta sabab

Quyosh nuri yetarli bo‘lsa ham: D vitaminining so‘rilishiga to‘sqinlik qiladigan 5 ta sabab

O'qildi: 377


Quyosh nuri yetarli bo‘lsa ham: D vitaminining so‘rilishiga to‘sqinlik qiladigan 5 ta sabab

D vitamini inson salomatligida muhim rol o‘ynaydi. Ammo yoz bo‘yi plyajni umuman tark etmaganlarda ham ushbu moddaning tanqisligi kuzatilishi mumkin. “Lisa.ru” nashri D vitaminining so‘rilishiga to‘sqinlik qiladigan sabablarni ma’lum qildi.

Foto: “Lisa.ru”

D vitamini tanqisligi hozirda nihoyatda dolzarb muammoga aylangan. Ma’lumki, faqat yozdagina emas, balki barcha mavsumda u quyosh nurlari ta’sirida ishlab chiqariladi. Koronavirus pandemiyasi davrida uning nafas yo‘llari kasalliklaridan ham himoya qilishi aniqlandi. Qolaversa, suyaklarni mustahkamlash uchun ham muhim, chunki u kalsiy va fosforni yaxshiroq so‘rilishiga yordam beradi.

Haddan tashqari quyoshdan himoyalanish

Quyoshdan himoyalanish muhim va salomatlik uchun foydalidir. Kiyim-kechak va boshqa himoya vositalari ham quyoshdan olinadigan ozuqa moddalarining so‘rilishiga xalaqit beradi. Agar har doim sog‘lom moddaning dozasini olish uchun deraza yonida o‘tirilsa, bu foyda bermaydi — quyosh nurlari oynadan o‘ta olmaydi va shuning uchun organizmni D vitamini bilan ta’minlamaydi.

Teridagi melanin miqdori

Melanin organizmdagi molekula bo‘lib, terining pigmentatsiyasida katta rol o‘ynaydi. Insonda melanin miqdori ortishi bilan D vitaminining so‘rilishi kamayadi. Ya’ni, terisi yorqinroq rangli insonlar uchun moddani olish osonroq bo‘ladi. Ammo ularda quyoshda tez qizarib ketish ehtimoli ham mavjud.

Yosh, tana tuzilishi, yashash joyi

D vitaminining so‘rilishiga xalaqit beradigan omillar ro‘yxatiga yashash joyi, tana tuzilishi va yosh ham qo‘shiladi. Ayrim insonlar ko‘p vaqtini tashqarida o‘tkaza olmasligining ko‘plab sabablari bor, masalan, og‘ir mehnat talab qiladigan ish. Ba’zilar esa quyosh nuri kam bo‘lgan iqlim sharoitida yashaydi.

D vitamini teri orqali so‘riladi va yog‘ hujayralarida saqlanadi, lekin yog‘ hujayralari ba’zan ozuqa moddalarini ham zaxira sifatida saqlashi mumkin. Ya’ni to‘lachadan kelganlar ba’zan quyosh nurida ham D vitaminini kamroq oladi. Shuningdek, yosh o‘tishi bilan D vitaminining so‘rilishi ham sekinlashadi.

Ba’zi kasalliklar

Ba’zi kasalliklar D vitaminining organizmga kirib borishi uchun metabolizmga xalaqit berishi mumkin. Masalan, buyrak va jigar kasalliklari, ikkinchi toifa qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda ushbu vitaminning so‘rilishi kamayadi. Qolaversa, oshqozon bilan bog‘liq muammolar kuzatilganda ham D vitaminining so‘rilishi keskin sekinlashadi.

Maxsus parhezlar

D vitamini tabiiy ravishda cheklangan miqdordagi oziq-ovqatlarda mavjud bo‘lib, uni parhez vaqtida iste’mol qilish juda qiyin. Shuning uchun glyutensiz parhezda bo‘lganlar ko‘pincha don mahsulotlari, bug‘doy uni va non kabi mahsulotlarni ratsiondan chiqarib yuborishi mumkin. Xuddi shu narsa sut, baliq yoki tuxum iste’mol qilmaydigan vegetarianlarga ham tegishli.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.