Salomatlik Salomatlik Yuqorida saqlang: uyda bolaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 5 ta narsa

Yuqorida saqlang: uyda bolaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 5 ta narsa

O'qildi: 282


Yuqorida saqlang: uyda bolaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 5 ta narsa

Oilada chaqaloq dunyoga kelishi bilan ko‘plab onalar farzandlarini har qanday tashqi ta’sirdan himoya qilishga urinadi. Mebel, deraza va burchaklar uchun maxsus vositalar o‘rnatadi. Biroq har kuni ishlatiladigan boshqa buyumlar ham mavjud. Afsuski, ular soladigan tahdid hech kimning xayoliga ham kelmaydi. Wday nashri bolalarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan buyumlar haqda so‘z yuritdi.

Foto: Wday

Ayollar sumkasi

Bu g‘alati tuylishi umkin, lekin eng kerakli ushbu buyum ichidan bola juda ko‘p xavfli narsalarni topishi mumkin: dori-darmon, tanga, atir, dezinfeksiyalash vositalari. Agar onalar sumkasini yerga qo‘yishga odatlangan bo‘lsa, unda bola emaklashni boshlagan vaqtdanoq uni yuqoriga olish kerak. Aks holda bolalarning qo‘llari unga yetib, ichidagi buyumlar jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Batareyalar

To‘g‘ri, aksariyat odamlar kamdan-kam holda uyda batareya saqlaydi. Ammo ular har qanday o‘yinchoq, qurilma va hatto televizor pultidan osongina tushib ketishi mumkin. Batareyani og‘izga solish juda xavfli bo‘lib, ular so‘lak bilan aloqa qilganda zararli va og‘izni yondiruvchi modda chiqaradi.

Magnitlar

Magnitlar odatda muzlatkich, bolalar o‘yinchoqlari yoki boshqa ko‘plab narsalarga joylashtirilishi mumkin. Ba’zan bola sezdirmasdan uni yutib yuborishi natijasida oshozonida og‘riq paydo bo‘ladi, qayt qiladi, ovqat hazm bo‘lmaydi va tana harorati ko‘tariladi. Ushbu alomatlarning kelib chiqish sababini aniqlash uchun onalar hamisha magnitlarga e’tiborli bo‘lishi kerak.

Soch turmaklovchi jihozlar

Ko‘pincha onalar sochlarini turmkalaganidan so‘ng ularni o‘sha joyda qoldiradi. Chunki qurilmalar qutisiga sovigan holatda joylashtirishi kerak. Qurilma darhol sovimaydi va kuydirish ehtimoli bor, shuning uchun ularni bolalarning qo‘li yetmaydigan joyda saqlash kerak. Aks holda bola bolaga jiddiy jarohat yetishi mumkin.

Issiq ichimliklar

18 oygacha bo‘lgan ko‘plab bolalar qo‘llari yetgan hamma narsani ushlashga harakat qiladi. Ota-onalar bu borada issiq ichimliklarni bolalardan uzoqroq saqlashi lozim. Bundan tashqari, bolani ko‘targanda ikkinchi qo‘lda stakanda ichimlik olib yurish mumkin emas. Chunki bola har qanday holatda stakanga qo‘l cho‘zishi, natijada bola yoki ona issiq ichimlikdan zarar ko‘rishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.