Tishlar salomatligi bilan bog‘liq ko‘p uchraydigan 5 ta yanglish fikr
Elektr tish cho‘tkasi oddiy tish cho‘tkasidan yaxshi va qattiq cho‘tkalar tish emalidagi mikroblarni yaxshi ketkazadi — bu va boshqa tabassumga zarar yetkazadigan yanglish fikrlarga ko‘pchilik ishonadi. “Noviy ochag” nashri ana shunday ommalashgan qarashlardan qaysilari aslida yanglish ekani haqda so‘z yuritdi.
Foto: “Noviy ochag”Qattiq cho‘tka tishni yaxshi tozalaydi
Ko‘pchilik cho‘tka qanchalik qattiq bo‘lsa, tish yuzasida yig‘ilgan oziq-ovqat qoldiqlari yaxshi olib tashlanadi, deb o‘ylaydi. Aslida unday emas. Qaysidir ma’noda, qattiq cho‘tka yumshoqlaridan ko‘ra yaxshiroq tozalaydi, lekin hammasi cho‘tkadagi tuklar soniga bog‘liq. Ammo nojo‘ya ta’sirlar mavjudligini unutmaslik lozim: yumshoq cho‘tka hech qachon chekuvchi insonning tishi yuzasidagi kirni tozalamaydi. Qattiq cho‘tkaning asosiy kamchiligi esa yuqori sezuvchanlikdir. Agar ular uzoq vaqt ishlatilsa va tishlar kuch bilan yuvilsa, ularga zarar yetishi mumkin.
Saqich tish cho‘tkasi o‘rnini bosadi
Ha, saqich, albatta, tishlar uchun foydalidir, ayniqsa tarkibida shakar bo‘lmaganlari. Og‘izni tozalash va nafasni yangilash uchun ovqatdan so‘ng darhol chaynash tavsiya etiladi. Ammo u tish pastasining o‘rnini bosa olmaydi, u shunchaki so‘lak ishlab chiqarishni ko‘paytiradi va og‘iz bo‘shlig‘ini so‘lak yordamida yuvadi.
Elektr tish cho‘tkasi afzal
Mutaxassislarning fikri ikkiga bo‘lingan: qaysi tish cho‘tkasi yaxshiroq — elektr yoki oddiy, chunki elektr tish cho‘tkalari oddiylardan yaxshiroq ekani haqda statistik jihatdan muhim va ishonchli natijalar yo‘q. Elektr cho‘tkalari qat’iy ravishda qoidalarga muvofiq ishlatilishi kerak, chunki ishlab chiqaruvchi ko‘rsatmalarda har bir segment uchun 30 soniya tavsiya qiladi. Oddiy cho‘tkalar aslida ko‘proq imkoniyat va xususiyatlarga ega.
Olma tishlarini cho‘tkalaydi
Tishlarni tozalashga olma emas, balki umuman qattiq mahsulotlar yordam beradi. So‘lak og‘izni yuvadi va yaxshi tozalashga yordam beradi, ammo olma haqida bunday ma’lumotlar yo‘q. Olma oddiy cho‘tka va pasta o‘rnini bosa olmaydi, lekin ayrim holatlarida u tishlarga yordamchi bo‘lishi mumkin. Tishlarni tozalashga yordam beradigan mahsulotlarga olma, selder, yangi salat bargi, qovoq, piyoz, bodring, sabzi va nok kiradi. Garchi bu mahsulotlar tish cho‘tkasi kabi tozalamasa ham, ularga biroz yordam beradi.
Shakar kariyesni keltirib chiqaradi
Buni hamma bolaligidan eshitib kelgan. Ammo shakar boshqa ko‘plab kasalliklar kabi kariyesga olib kelishi mumkin bo‘lsa-da, uning asosiy sababi emas. Umuman olganda, shakar va uglevodlar kariyesning paydo bo‘lishida yetakchi rol o‘ynaydi, deb aytib bo‘lmaydi, chunki kariyes polimorfik jarayondir. Shakar va uglevodlar kariyes paydo bo‘lishiga ta’sir qiladi, ammo bu asosiy dushman emas. Ammo uglevodlar kariyes paydo bo‘lishida yetakchi rollardan birini o‘ynaydi, chunki so‘lak tarkibidagi mikroorganizmlar uglevod va shakarlarni tezda kislotaga aylantiradi, bu PH ning pasayishiga olib keladi va emalning yemirilishi natijasida kariyes boshlanadi.
Manba