Qishda kasal bo‘lmaslik uchun yozda amalga oshirish kerak bo‘lgan foydali odatlar
Yoz — sog‘liqqa g‘amxo‘rlik qilish va sovuq havo boshlanganda kasal bo‘lmaslikka yordam beradigan yangi foydali odatlarni shakllantirish uchun ajoyib vaqt. Pediatr, patofiziolog va immunolog Yelena Paretskaya organizmni qishga tayyorlash uchun yozni qanday o‘tkazish kerakligi haqda tavsiyalar berib o‘tdi, deb yozadi Marie Claire.
Foto: Marie ClaireIloji boricha piyoda yuring
Oddiy yurishning organizm uchun foydalari ko‘p. Agar juda uzoq bo‘lmasa, ishga piyoda borishga harakat qilish yoki mashinani ofisdan biroz uzoqda qoldirish tavsiya etiladi. Shuningdek, bir yoki ikkita metro bekatidan oldinroq tushish ham mumkin. Mutaxassisning ma’lum qilishicha, yurish yoki yurish tezligini oshirish energiya sarflashga yordam beradi.
Gadjetlardan voz keching
Gadjetlarsiz dam olishni o‘rganing. Agar buni ishda qilishning iloji bo‘lmasa, uyda ulardan iloji boricha kamroq foydalanish kerak, ayniqsa kompyuterdan voz kechish lozim. Bu ko‘zni charchatadi, umurtqa pog‘onasi va miyani doimiy stress va zo‘riqishda ushlab turadi.
Ko‘zlar uchun eng yaxshi dam olish ufqni tomosha qilishdir. Shuning uchun dam olish kunlari shahar tashqarisiga chiqib, shovqindan uzoqda tabiat qo‘ynida zavqlanish kerak. Bundan tashqari, tabiiy ranglar ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Klassik musiqa tinglang
Uning tovushlari metabolizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uyquni yaxshilaydi va asab tizimini rag‘batlantiradi. Klassik musiqa tinglash jigar, ichak va oshqozon osti bezi faoliyatini yaxshilaydi va hatto yurak urish tezligini me’yorga keltiradi.
To‘r belanchakda dam oling
Orqa miya doimiy stressga duchor bo‘ladi, hatto organizmning og‘irligini ko‘tarib charchaydi. Qolaversa, hamisha yelkada olib yuriladigan sumkalar ham bunga qo‘shimcha bo‘ladi. Muammoni bartaraf etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish juda muhim — eng yaxshisi to‘rli belanchakda dam olishdir. Belanchak umurtqa pog‘onasini bo‘shashtirishga va mushaklarni imkon qadar yumshatishga imkon beradi. Bu umurtqa pog‘onasida qon aylanishini yaxshilash, ko‘pincha bezovtalanadigan beldagi zo‘riqishni yengillashtirishning oson usuli.
Tosh va suv ustida yuring
Albatta, buni dengiz qirg‘og‘ida, toshli plyajda amalga oshirgan yaxshidir. Ammo boshqa yo‘llari ham bor — uy sharoitida ham toshlar bilan hammomni bezatish mumkin. Yelena Paretskayaning ta’kidlashicha, to‘piqdan chuqur suvda qirg‘oq bo‘ylab yurish foydalidir. Bu tomirlar uchun samarali, terini tozalaydi, oyoqlarda retseptorlarni bezovta qilib, immunitet tizimini rag‘batlantiradi.
Ovqatlanish odatlarini yangilang
Yozda ichaklarning faoliyatini yaxshilash uchun ajoyib imkoniyat bor. Ratsionga ko‘proq yangi sabzavot, meva, rezavor, ko‘katlarni qo‘shish tavsiya etiladi, ular vitaminlarning ajoyib manbalari hisoblanadi. To‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilgan holda sog‘liq uchun foydali bo‘lgan mahsulotlar, shuningdek, mineral suv ichish lozim. Uni ertalab och qoringa va kechqurun, kechki ovqatdan keyin ichish tavsiya etiladi.
Manba