Salomatlik Ayollar uchun Fotografdan tavsiya: Ijtimoiy tarmoq uchun mukammal suratga tushish sirlari

Fotografdan tavsiya: Ijtimoiy tarmoq uchun mukammal suratga tushish sirlari

O'qildi: 412


Fotografdan tavsiya: Ijtimoiy tarmoq uchun mukammal suratga tushish sirlari

Hayotda chiroyli bo‘lgani bilan suratda unchalik ko‘rinmaydigan qiz va ayollar uchun chikagolik fotograf Rodriges Kshivitskining bu boradagi foydali tavsiyalarini havola qilamiz.

Ko‘chadagi o‘rindiqda qanday suratga tushish kerak?

Foto: Cosmopolitan

Qaddingizni ko‘tarib, o‘ng yelkani oldinroq chiqaring. Chap oyoqni biroz oldinga cho‘zib, qo‘lingizni tizza ustiga erkin qo‘ying. Yuzingizga jiddiy tus berib, o‘zingizni go‘yo uzoqlarga tikilayotgandek tuting.

Street stile: ko‘chada suratga tushish uchun g‘oya

Foto: Cosmopolitan

Suyanish mumkin bo‘lgan joyga yon bilan turing. Chap qo‘lingizni ustunga qo‘ying, o‘ng oyoqni bukib, boshingizni balandroq ko‘taring.

Yirik plandagi portret foto

Foto: Cosmopolitan

Yirik plandagi suratingiz chiroyli chiqish uchun masofa saqlang va qo‘llaringizni qovushtirmang. Qo‘lingizni bel qismiga qo‘ying. Qorinni tortib, boshni balandroq ko‘taring. Ikkinchi qo‘l bilan sumkani ushlashingiz yoki shunchaki cho‘ntakka solishingiz mumkin.

Yorqin elementlar bilan kompozitsiya yaratganda

Foto: Cosmopolitan

Birinchi navbatda orqa fonning kiyim rangiga tortib ketmasligiga e’tibor bering. Bo‘y-bastingiz bilan suratga tushmoqchi bo‘lsangiz, yon tarafingiz bilan turing. Oyog‘ingizning birini xiyol buking. Qo‘llarning birini ko‘tarib, ikkinchisini bo‘sh qo‘yishingiz mumkin. Qorinni tortishni va tabassum qilishni unutmang.

Uyda suratga tushganda

Foto: Cosmopolitan

Uyda suratga tushganda jiddiylikdan qochib, o‘zingizni erkin tuting. O‘zingizni go‘yo joyingizdan sakramoqchidek tuting. Foto tabiiy chiqadi va quvonch bag‘ishlaydi.

Ko‘zguda olingan surat muvaffaqiyatli chiqishi uchun nima qilish kerak?

Foto: Cosmopolitan

O‘tirgan holatda suratga tushayotgan bo‘lsangiz, oyog‘ingizning bittasini yig‘ing. Yelkani biroz oldinga chiqaring. Bo‘yningizni biroz ko‘taring va boshingiz bilan xiyol chetga qarang.

Selfi mukammal chiqishi uchun nima qilish kerak?

Foto: Cosmopolitan

Selfi mukammal chiqishi uchun yorug‘lik yetarli bo‘lishi bag‘oyat muhim. Yorug‘likka teskari turib suratga tusha ko‘rmang. Tabiiy yorug‘likdan foydalanilsa, yanada yaxshi. Telefonni ko‘zdan biroz balandroq tuting va kamerani biroz o‘zingiz tarafga eging.

Bir xil usulda tushiladigan fotoda qanday kiyingan yaxshiroq?

Foto: Cosmopolitan

Og‘irlikni bir oyoqqa biroz ko‘proq tashlab suratga tushishni yoqtirganlarga iloji boricha keng va ustma-ust kiyim kiyish tavsiya qilinadi. Kurtka, trench yoki palto kiyib qo‘llaringizni cho‘ntakka solishingiz mumkin. Tirsaklarning biroz bukilishi fotoda yanada chiroyli ko‘rinadi.

Tasodifan olingandek fotoga tushish

Foto: Cosmopolitan

Suratga tushib bermagandek ko‘rinishni istasangiz, kamera qarshisiga turib, boshingizni boshqa tomonga buring. Kameradan biroz teparoqqa qarang. Qo‘llar bilan sochni tartibga keltirayotgandek ko‘rinishingiz hamda oyoqlarni chalishtirishingiz mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.