Salomatlik Salomatlik Buyraklar salomatligini ta’minlashga yordam beradigan maslahatlar

Buyraklar salomatligini ta’minlashga yordam beradigan maslahatlar

O'qildi: 356


Buyraklar salomatligini ta’minlashga yordam beradigan maslahatlar

Buyraklar organizmda muhim funksiyalarni bajaradi, qonni filtrlaydi va suv muvozanatini tartibga soladi. Shuning uchun ularning salomatligini diqqat bilan kuzatib borish lozim.

Foto: “Health.ru”

Muntazam faollik

Muntazam jismoniy mashqlar nafaqat bel uchun foydalidir. Balki ular surunkali buyrak kasalligi rivojlanish xavfini kamaytirishi ham mumkin. Mashq qilish qon bosimini pasaytiradi va buyrak kasalligining oldini olish uchun muhim bo‘lgan yurak sog‘lig‘ini yaxshilaydi.

Jismoniy faollikdan foyda olish uchun marafonlarda yugurish shart emas. Yurish, yugurish, velosiped haydash va hatto raqsga tushish salomatlik uchun juda foydali. O‘zingizga yoqadigan mashg‘ulotni toping, shunda faol bo‘lish va ajoyib natijalarga erishish osonroq bo‘ladi.

Qonda qand miqdorining nazorati

Qandli diabet bilan og‘rigan odamlarda buyraklar kasallanishi mumkin. Organizmning hujayralari qondagi glyukozadan yetarli darajada foydalana olmasa, giperglikemiya rivojlanadi, bu buyraklarga zarar yetkazishi mumkin. Biroq qonda shakar darajasini nazorat qilinsa, xavflar kamayadi. Bundan tashqari, agar zarar erta aniqlansa, shifokor qo‘shimcha zararni kamaytirish yoki buning oldini olish choralarini ko‘rishi mumkin.

Qon bosimi nazorati 

Arterial gipertenziya buyrak kasalligiga olib kelishi mumkin. Agar yuqori qon bosimi diabet, yurak kasalligi yoki yuqori xolesterin darajasi kabi boshqa sog‘liq muammolari bilan bog‘liq bo‘lsa, bu salomatlikka katta ta’sir ko‘rsatadi.

Agar qon bosimi doimiy ravishda yuqori bo‘lsa, shifokor bilan qon bosimini muntazam tekshirib turish, turmush tarzini o‘zgartirish va, ehtimol, dori-darmonlarni qabul qilish haqida maslahatlashish kerak.

Vazn va ratsionga e’tiborli bo‘lish

Ortiqcha vaznli yoki semirib ketgan odamlarning buyraklari bir qator kasalliklar xavfi ostida qoladi. Sog‘lom ovqatlanish buyrak kasallanishining xavfini kamaytirishga yordam beradi. Donli, tuzi kam mahsulotlarga e’tibor qaratish va yuqori darajada qayta ishlangan mahsulotlargalarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilmaslik zarur. Agar ratsiondan bu kabi mahsulotlar o‘rin olgan bo‘lsa, mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.

Suyuqlikni yetarlicha ichish

Kuniga sakkiz stakan suv ichish maslahati juda ko‘p takrorlanadi. Ammo yetarli miqdorda suyuqlik ichishning ahamiyatini ortiqcha baholab bo‘lmaydi. Muntazam suv ichish buyraklar uchun foydalidir. Suv natriy va metabolitlarni olib tashlashga yordam beradi. Shuningdek, surunkali buyrak kasalligi xavfini kamaytiradi.

Odamning qancha suyuqlik ichish kerakligi ko‘p jihatdan uning sog‘lig‘i, faoliyat darajasi, yashash joyi va turmush tarziga bog‘liq. Ammo kuniga 1,5-2 litr suv ko‘pchilik uchun yaxshi ko‘rsatma bo‘lishi mumkin. O‘tmishda buyrakda toshlari bo‘lgan odamlar buning oldini olish uchun biroz ko‘proq suv ichishga rioya qilgan.

Kashandalikni tashlash

Chekish qon tomirlariga zarar yetkazadi. Bu butun organizmda, shu jumladan, buyraklarda qon oqimining sekinlashishiga olib keladi. Chekish ham buyrak saratoni xavfini oshiradi. Agar chekish to‘xtatilsa, xavf sezilarli darajada kamayadi. Biroq hech qachon chekmagan odamning holatiga qaytish uchun ko‘p yillar kerak bo‘ladi.

Qabul qilinayotan dorilar miqdori

Agar muntazam ravishda retseptsiz og‘riq qoldiruvchi dori vositalari qabul qilinsa, bu buyraklarga zarar yetkazishi mumkin. Yallig‘lanishga qarshi, surunkali og‘riq, bosh og‘rig‘i yoki artrit uchun muntazam ravishda dori qabul qilinsa, buyraklarga zarar yetishi mumkin.

Ushbu dori-darmonlarni vaqti-vaqti bilan qabul qiladigan va buyrakda muammosi bo‘lmagan odamlar uchun bu odatda xavfsizdir. Ammo ushbu dori-darmonlar har kuni qabul qilinsa, buyrak salomatligi uchun xavf tug‘ilishi mumkin. Agar og‘riq bilan kurashish kerak bo‘lsa, shifokor bilan buyraklar uchun zararsiz davolash choralarini ko‘rish mumkin.

Yuqori xavf guruhidagi bemorlar buyrak funksiyalarini tekshirishi lozim

Agar buyrak faoliyatida buzlishi yoki buyrak kasalligi xavfi yuqori bo‘lsa, ularni muntazam ravishda tekshirish tavsiya etiladi. Xavf guruhiga quyidagilar kiradi:

  • 60 yoshdan oshgan odamlar;
  • kam vazn bilan tug‘ilgan odamlar;
  • yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan yoki ular bilan qarindosh bo‘lgan odamlar;
  • qon bosimi yuqori bo‘lgan odamlar;
  • semiz odamlar.
Shifokor nazorati ostida muntazam tekshiruvlar buyraklar salomatligini nazorat qilishning ajoyib usuli hisoblanadi. Jiddiy kasalliklarning oldini olish orqali ko‘plab muammolardan qochish mumkin.

Mavzuga doir:

  • Bel nima uchun og‘riydi va bunday paytda nima qilish kerak?
  • Buyraklar faoliyatida muammo borligidan ogohlantiruvchi 6 ta xavfli alomat
  • Bronxit, astma va buyrak bilan bog‘liq muammolar: stress tufayli yuzaga keladigan kasalliklar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.