Salomatlik Salomatlik Issiq mavsumda ko‘proq zaharlanishga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Issiq mavsumda ko‘proq zaharlanishga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

O'qildi: 395


Issiq mavsumda ko‘proq zaharlanishga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Yozning issiq kunlarida iste’mol uchun mo‘ljallangan mahsulotlarning sifati tez buziladi. “Noviy ochag” nashri jaziramada aynan qaysi mahsulotlardan ko‘proq ehtiyot bo‘lish kerakligini ma’lum qildi. 

Foto: “Noviy ochag”
  • Sushi va sashimi — xom baliq va dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan yapon taomlarining sifati bir zumda buziladi. Bunday vaqtda yetkazib berish xizmatlari orqali olingan buyurtmalarga ko‘proq ehtiyot bo‘lish kerak.
  • Sut mahsulotlari va bo‘tqalar — issiq mavsumda sut va undan tayyorlangan bo‘tqalar tezda achib qoladi.
  • Tort va qaymoqli shirinliklar — ular ham sut mahsulotlariga asoslangani uchun sifati tezda yomonlashadi.
  • Go‘sht va baliq — agar ular ochiq havoda qolsa. Ushbu mahsulotlar pashshalarni boshqalarga qaraganda ko‘proq o‘ziga tortadi, bu esa o‘z navbatida xavfli bakteriyalar tashuvchisi hisoblanadi.
Pishirilgan va soviganidan keyin bir necha soat davomida gaz piltasida qoldirilgan har qanday ovqat ham achib qolishi shubhasiz. Mikroblarning faol ko‘payishi uchun hatto ikki soat issiq havoda qolish ham yetarli bo‘lishi mumkin.
  • Kvas — ichimlik fermentatsiya xususiyatiga ega, kvas o‘rniga oddiy suv ichish yaxshiroq.
  • Dudlangan baliq — agar vakuum bilan o‘ralgan bo‘lmasa, dudlangan baliq ham tezda buziladi. Chunki vakuumli qadoqlashda bakteriyalarni ko‘paytirish jarayoni sezilarli darajada kamayadi va shu bilan mahsulotning oziq-ovqat uchun yaroqliligi uzayadi.
  • Tuxum — salmonella — inson salomatligi uchun xavfli bakteriya bo‘lib, issiq mavsumda ancha faol rivojlanadi.
  • Mayonezli salatlar — salatlar bakteriyalarning ko‘payishi uchun ideal muhitdir, chunki uni tayyorlashda aksariyat mahsulotlar qaynatilmaydi. Mayonez stafilokkok kabi bakteriyalar o‘sishini sezilarli darajada tezlashtiradigan mahsulot vazifasini bajaradi.
  • Qaynatilgan kolbasa ham tez buziladigan mahsulotdir. Saqlash sharoitlari, harorat va namlik me’yorda bo‘lsa ham, qadoq ochilgandan keyin uning saqlash muddati 12 soatdan oshmaydi.
Qo‘shimcha maslahatlar:

Yozda, restoran va kafelardan olib ketish uchun taom sotib olayotganda mayonez emas, balki o‘simlik yog‘i bilan tayyorlangan salatlarni tanlashga harakat qiling.

Sendvichlar pishirilgan kolbasa bilan emas, balki xom dudlangan kolbasa bilan tayyorlanishi kerak.

Har doim maxsus antibakterial preparatlardan foydalanish lozim, bu nafaqat simptomlar bilan, balki zaharlanish sabablari — bakteriyalar bilan ham kurashishga yordam beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.