Salomatlik Ayollar uchun Konditsioner va ventilyator bo‘lmasa: jaziramada uyni salqinlatish bo‘yicha layfxaklar

Konditsioner va ventilyator bo‘lmasa: jaziramada uyni salqinlatish bo‘yicha layfxaklar

O'qildi: 360


Konditsioner va ventilyator bo‘lmasa: jaziramada uyni salqinlatish bo‘yicha layfxaklar

Konditsioner juda qimmatga tushadi, unga ko‘p elektr energiyasi sarflanadi. Ventilyator ham shunchaki issiq havoni haydab, deyarli hech qanday yengillik yaratmaydi. “Noviy ochag” nashri jaziramada uyni salqinlatish bo‘yicha mutlaqo bepul hamda oddiy usullar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Uyga konditsioner o‘rnatmaslikning bir qancha sabablari bor:

  • oila budjeti;
  • elektr narxi;
  • juda mo‘rt devorlar;
  • fasadlarni o‘zgartirishni taqiqlash. 
Ammo uning o‘rnini bosuvchi boshqa usullar mavjud:
  1. Yorqin rangli choyshab olinadi.
  2. Uni suvga botirib, ortiqcha suv siqib chiqariladi.
  3. Derazani ochib, unga nam choyshab ilinadi.
  4. Kvartirada havo kiradigan barcha joyga shunday tarzda nam choyshab ilish tavsiya etiladi, hatto kirish eshigiga ham.
  5. Vaqti-vaqti bilan choyshabni namlashni unutmaslik kerak: buni suv purkovchi qurilma yordamida amalga oshirish mumkin.
  6. Nam matodan o‘tadigan havo salqin va tozalikni ta’minlaydi.
Yana bir layfxak uchun shunchaki idishda suv hamda ventilyator kerak bo‘ladi

Foto: “Noviy ochag”

Idishdagi suv biroz pastroq joyga qo‘yiladi. Ventilyator yo‘nalishi esa avval suvga urilishi, so‘ngra xonaga tarqalishi kerak. Shundagina xonada salqin havo yuzaga keladi hamda nafas olish osonlashadi.

Aytgancha, xonada gullarning ko‘pligi ham issiqdan saqlanishda yordam beradi

Foto: “Noviy ochag”

O‘simliklar shiddat bilan kislorod ishlab chiqaradi va kislorodga to‘yingan xonada erkin nafas olish mumkin. Faqat barglarni tez-tez changdan tozalashni unutmaslik kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.