Bilib qo‘ygan yaxshi: Issiqda qaysi mahsulotlar tez ayniydi?
Kunlar isishi bilan boshqalarga nisbatan tez aynib qolishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Sushi va sashimi
Xom baliq va dengiz mahsulotlaridan tayyorlanadigan yapon oshxonasiga mansub mazkur taomlar bir zumda aynib qolishi mumkin. Aynan shu sabab ham yetkazib berishga buyurtma berganda ehtiyotkor bo‘lish kerak.
Sut mahsulotlari
Nafaqat sut mahsulotlari, balki sutdan tayyorlangan bo‘tqalar ham issiq kunda tezda yomon bo‘lib qolishi mumkin.
Kremli shirinliklar
Tort va pirojniylarning kremi ham yozda tez aynib qoladigan sut asosida tayyorlangan bo‘ladi.
Go‘sht va baliq mahsulotlari
Ochiq havoda qolgan bunday mahsulotlar ham bir zumda aynishi mumkinligidan tashqari, xavfli bakteriyalar tashuvchisi hisoblangan pashshalarni o‘ziga jalb qiladi.
Kvas
Achib qolishi mumkinligi sabab ham jaziramada kvas o‘rniga suv ichish tavsiya qilinadi.
Dudlangan baliq
Vakuumli o‘ramda bo‘lmagan baliq bir zumda aynishi mumkin.
Tuxum
Inson organizmi uchun xavfli hisoblangan salmonella bakteriyasi issiq kunlarda, ayniqsa, tuxumda har doimgidan ko‘proq bo‘ladi.
Mayonezli salat
Sabzavotlarga termik ishlov bermasdan tayyorlangani sabab ham salatlar kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalarning ko‘payishi uchun mukammal muhit bo‘ladi. Salatdagi mayonez esa katalizator vazifasini bajarib, stafilokokk singari bakteriyalarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Kolbasa
Hatto saqlash, harorat va namlik shartlariga amal qilingan taqdirda ham, kolbasani o‘ramini ochgandan so‘ng 12 soatdan ko‘p saqlamaslik kerak.
Qo‘shimcha tavsiyalar:
- Yoz kunlarida kafe va restoran yoki do‘konlardan salat xarid qilganda mayonez o‘rniga o‘simlik yog‘i qo‘shib tayyorlanganidan xarid qiling.
- Diareya xavfini tug‘diradigan mevalar o‘rniga banan iste’mol qiling.
- Buterbrodlar uchun kolbasadan foydalanmaganingiz yaxshi.
- Yoningizda zaharlanishga olib keladigan bakteriyalarga qarshi samara beradigan maxsus antibakterial preparatlar bo‘lsin.
Manba