Salomatlik Goʼzallik Yapon ayollari sarvqomat va yosh ko‘rinish uchun nima yeydi?

Yapon ayollari sarvqomat va yosh ko‘rinish uchun nima yeydi?

O'qildi: 353


Yapon ayollari sarvqomat va yosh ko‘rinish uchun nima yeydi?

Yaponiyaning atigi 3,5 foiz aholisi ortiqcha vaznga ega va bu dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Ularning turmush tarzi va ovqatlanish bilan bog‘liq amal qiladigan qoidalari vazn tashlamoqchi bo‘lgan ayol-qizlar uchun ayni muddao.

Foto: Cosmopolitan

Guruch

Osiyo oshxonasi, xususan, yaponlar taomnomasida muhim rol o‘ynaydigan guruch nafaqat garnir sifatida, balki non o‘rniga ham iste’mol qilinadi. Tarkibida uglevod ko‘p ekanligiga qaramay ushbu mahsulot yaponlar parhezining asosiy elementi hisoblanadi. Biroq ularning guruchni tayyorlash uslubi biz bilgandan farq qiladi. Yaponlar guruchni tuz va yog‘ qo‘shmasdan, eng qizig‘i qaynatmasdan suvga ivitib tayyorlaydi.

Baliq va dengiz mahsulotlari

Yog‘li go‘sht iste’mol qilmaydigan yaponlar kunlik taomnomasini baliqsiz tasavvur qila olmaydi. Muntazam ravishda iste’mol qilinganda ham semirtirib yubormaydigan baliq mahsuloti organizmni foydali moddalar bilan ta’minlaydi. Dengiz mahsulotlari yurak-qon tomir kasalliklari hamda qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolarning kelib chiqish xavfining oldini oladigan omega-3 yog‘ kislotasi va yodning koni hisoblanadi.

Sarvqomatlik siri nimada?

Kam porsiyada ovqatlanish

Yaponlar hech qachon ko‘p ovqat tanovul qilmaydi, kam-kamdan tez-tez ovqatlanadi va bolaligidan bunga o‘rgatiladi.

Taomning tayyorlash usuli

Yaponlar ratsionida qovurilgan taomni uchratib bo‘lmaydi. Kun davomida ular parda dimlab pishirilgan yoki qaynatilgan taomlarni iste’mol qiladi.

Ko‘k choy

Antioksidantlarning koni bo‘lgan ko‘k choy nafaqat qarish jarayonining oldini oladi, balki vazn tashlashga ham yordam beradi. Aynan shu sabab ham yaponlar kun davomida choy ichishni kanda qilmaydi.

Soya

Oqsillarga boy, yog‘siz va kaloriyasi kam bo‘lgan soya deyarli barcha yapon taomlariga qo‘shiladi. Shu sabab ham yaponlarda mushaklar uchun ahamiyatli bo‘lgan oqsilga ehtiyoj bo‘lmaydi.

Sabzavotlar

Yaponlar tushlik va kechki ovqatni sabzavotlarsiz tasavvur qila olmaydi. Ularni barraligicha to‘g‘rab, mayonez va boshqa qo‘shimchalar qo‘shmasdan yeyishni afzal biladi.

Faqat barra mahsulotlar

Yapon xalqi uchun yaroqlilik muddati degan tushunchaning o‘zi yo‘q. Ular barra mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni o‘sha vaqtning o‘zida iste’mol qiladi. Hafta davomida pishirib yeyish uchun muzlatkichda saqlash haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi. Umuman, yapon taomnomasida xom baliq, suvga ivitilgan guruch hamda termik ishlov berilmagan sabzavotlarni uchratish mumkin.

Nima uchun yaponlar semirmaydi?

Shirinlik

Yaponlarning desert va shirinlik haqidagi tushunchasi biznikidan tamoman farq qiladi. Biskvit, yog‘li krem, qaymoq, shokoladli tort haqida-ku umuman gap bo‘lishi mumkin emas. Ular hatto muzqaymoqni ham guruchdan tayyorlanganini yeydi. Umuman olganda, shirinliklari unchalik mazali bo‘lmasligi mumkin, biroq kaloriyasi va zarari ancha kam bo‘ladi.

Taomga boshqacha yondashuv

Yaponlarda “ibodat oshxonasi” degan tushuncha bor. Rohiblar tomonidan sakkiz yuz yildan ko‘proq vaqt davomida rioya qilingan mazkur ovqatlanish prinsipi Yaponiyaning aksariyat aholisi orasida hali ham mashhur hisoblanadi.Ushbu yondashuvga ko‘ra, taom ma’naviy o‘sishning asosi bo‘lishi kerak. Shunga binoan ayrimlar go‘sht yemasdan, faqat o‘simliklaridan tayyorlangan taomni iste’mol qiladi. Bu ularni semirib ketmasligiga va hamisha yosh ko‘rinishiga yordam beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.