Yapon ayollarining yosh va go‘zal ko‘rinishining 5 siri
Yapon ayollari yoshiga nisbatan yosh va go‘zal ko‘rinishi bilan hamisha diqqatga sazovor bo‘lgan. Ularning kelishgan qomati, yuz terisining tiniq va ajinsiz ekaniga qoyil qolsa arziydi. Buning sababi esa hayot darajasining yuqori ekani, to‘g‘ri ovqatlanish va o‘zini yaxshi ko‘rish bilan bog‘liq. Ammo go‘zallik va kosmetika borasida ular amal qiladigan jihatlar ham boshqalarnikidan farq qiladi.
Foto: CosmopolitanMuntazam ravishda yuzingizni massaj qiling
Yapon ayollari har kuni yuzni massaj qilish, yuz terisining hamisha yosh va ajinsiz ko‘rinishi uchun “kalit” ekaniga ishonadi. Aynan shu sabab ham yuziga kosmetik vositalarni surtishdan avval terini namlantirib, aylana harakatlar bilan uqalaydi. Bunda krem tarkibidagi oziqlantiruvchi moddalar teriga yaxshiroq singib, mushaklar va mikrosirkulyatsiya yaxshilanadi.
Terini tozalang va namlantiring
Tozalash va namlantirish yapon ayollari amal qiladigan asosiy go‘zallik muolajalaridan biri hisoblanadi. Hech bir yapon ayoli yuzidagi makiyajni tozalamasdan uyquga yotmaydi. Buning uchun asosan tozalaydigan losyondan foydalaniladi. Vosita peshona, yonoqlar, burun va yuzning boshqa qismlariga surtilib, massaj harakatlari bilan yuz tozalanadi. Keyin esa yuzga oziqlantiradigan “molochko” surtiladi. Krem borasida yaponlar juda ham ehtiyotkor, xariddan avval mahsulotning tarkibini diqqat bilan o‘rganib chiqadi.
Issiq vanna qabul qiling
Kun chiqar mamlakat ayollarining go‘zalligining yana bir siri ular haftada kamida ikki marta issiq vanna qabul qiladi. Tinchlanish va asabiylashishni ketkazish uchun vannani uyquga yotishdan avval qabul qilgan yaxshi. Buning uchun dengiz tuzi yoki shifobaxsh choydan foydalanish mumkin.
Quyosh nuridan ehtiyot bo‘ling
Yaponlar go‘zal deganda oppoq terini tushunadi. Shu sabab ham yilning istalgan faslida SPF kremlardan foydalanishni kanda qilmaydi. Bu orqali ultrabinafsha nurlardan zararlanish, erta ajin tushishi va pigment dog‘lar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Go‘zallik inyeksiyalarini keyinga qoldiring
Dunyoda pilling, ukol orqali ajinlarni ketkazish urfga kirgan bir vaqtda yapon ayollari tabiiy muolajalarni afzal biladi. Teri tozaligini saqlash, uni nafaqat ustki, balki ichki tomondan ham ko‘p suyuqlik ichib namlantirib turish va oziqlantirishga amal qilib, turli yoshga xos bo‘lmagan ukollardan voz kechish borasida yapon ayollaridan o‘rnak olsa arziydi.
Manba