Salomatlik Salomatlik Qomatga zarar yetkazmaslik uchun bir kunda qancha meva yeyish mumkin?

Qomatga zarar yetkazmaslik uchun bir kunda qancha meva yeyish mumkin?

O'qildi: 379


Qomatga zarar yetkazmaslik uchun bir kunda qancha meva yeyish mumkin?

Ko‘pchiligimiz mevalarni juda foydali deb hisoblaymiz. Lekin bu unchalik to‘g‘ri emas. Har qanday meva — shakarning manbai, demak kaloriyaning ham.

Foto: “Passion.ru”

Keling, qomatga zarar bermaslik uchun aslida bir kunda qancha meva yeyish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

Mevalar — iste’mol qilinadigan oziq-ovqatlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki ular immunitetni ko‘tarishga yordam beradi. Ular antioksidant va kletchatkalarning manbaidir. Bu oddiy shakarga boy bo‘lgan uglevodli oziq-ovqatlarning iste’mol qilish miqdorini nazorat qilish zarur.

Bir kunda bir-ikki porsiya mevalar yeyishga harakat qiling. Bir porsiya — taxminan 100 gramm(bitta olma, nok, banan, bir oz rezavor mevalar)ga to‘g‘ri keladi.

Bu me’yorga yangi, muzlatilgan, konservalangan mevalar, quruq mevalar va sharbatlar kiritilgan.

Belgilangan me’yordagi mevalarni yesangiz quvvat va kuchga ega bo‘lasiz. Shu sababdan qondagi shakar miqdorini ko‘tarmaslik va shu bilan organizmning uyquga tayyorgarlik ko‘rishiga xalal bermaslik uchun ularni uxlash oldidan yemaslik lozim. Mevalarni yaxshisi kunning birinchi yarmida yoki faollikni talab qiluvchi ishlarni bajarishdan oldin yegan ma’qul.

Yangi siqilgan sharbatni quvvat olish uchun musobaqalar oldidan ichishingiz mumkin.

Lekin agar sizning yashash tarzingiz kam harakatlilik bo‘lsa, unda mevalarni emas, balki sabzavotlarni tanlaganingiz yaxshi.

Albatta, mevalar ham sabzavotlar kabi C, K, P, B guruh vitaminlarga va kalsiy, temir, magniy, fosfor kabi minerallarga juda boy. Shuningdek uning tarkibida olma, limon, vino organik kislotalari ishtirok etadi.

Turli mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar meva yoki sabzavotlarning har bir porsiyasi bevaqt o‘lim xavfini kamaytirishini aniqladilar, lekin ularni bir kunda besh porsiyadan ortiq iste’mol qilish hollari bundan istisnodir.

Manba: “Zdorovie.com”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.