Salomatlik Salomatlik Har kuni bir xil ovqat yeyaverish mumkinmi?

Har kuni bir xil ovqat yeyaverish mumkinmi?

O'qildi: 345


Har kuni bir xil ovqat yeyaverish mumkinmi?

Har kuni bir xil ovqat tez jonga tegadi, lekin uni tayyorlashga ancha kamroq vaqt ketadi.

Foto: Shutterstock

Foydali tomonlari:

To‘g‘ri ovqatlanish tezroq odatga aylanadi

Kundan-kun bil xil ovqat yeyaversangiz, bu hech qiyinchiliksiz odatga aylanadi. Asosiysi, biron-bir foydali taomni tanlang, shunda to‘g‘ri ovqatlanish tezroq joriy qilinadi.

Tayyorlashga kamroq vaqt ketadi

Agar faqat bitta ovqat qilish kerak bo‘lsa, dam olish kunlari butun haftaga yetadigan yeguliklarni tayyorlash mumkin. Shunda og‘ir ish kunidan keyin ovqat tayyorlashga vaqt sarflab o‘tirishga to‘g‘ri kelmaydi.

Tez tayyorlanadigan va zararli biron narsa yeyish imkoniyati kamroq bo‘ladi

Agar siz tushlikda yoki kechki ovqatda nima yeyishni oldindan bilsangiz, sizda fastfud yoki zararli boshqa biron narsa sotib olishga imkon bo‘lmaydi. Agar ovqat oldindan tayyorlab qo‘yilgan bo‘lsa, undan ham yaxshiroq bo‘ladi.

Yomon tomonlari:

Bir xillik tez ko‘ngilga uradi

Bir xil oziq-ovqatlar joningizga tega boshlasa, parhezga yoki to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilish juda qiyin bo‘ladi.

Ozuqa moddalarining yetishmasligi

Organizm yetarli miqdorda ozuqa moddalar va vitaminlar olishi uchun bizga mevalar, sabzavotlar, oqsillar va yormalar kerak bo‘ladi. Agar parhez bitta-ikkita taomlar bilan cheklab qo‘yilsa, sog‘liq bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

Modda almashishining buzilish xavfi

Tadqiqotchilar turli xil ozuqa moddalarga boy bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish modda almashinuvi uchun foydali ekanligini aniqladi. Shuningdek u gipertenziya, yuqori xolesterin va ortiqcha vaznning paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.

Xulosa

Organizm turli xildagi ozuqa moddalariga ega bo‘lishi uchun bir xil emas, balki o‘xshash taomlarni tanlang. O‘zingizning sevgan taomlaringizni biroz bo‘lsa ham o‘zgartirishga harakat qilib ko‘ring, shunda ular joningizga tegmaydi va ko‘proq foyda keltiradi.

Manba: “Zdorovie.com”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.