Salomatlik Salomatlik Sportchilar uchun o‘simlik proteinlari

Sportchilar uchun o‘simlik proteinlari

O'qildi: 376


Sportchilar uchun o‘simlik proteinlari

O‘simlik oqsillari asosidagi sport proteinlari — eng yaxshisini tanlash uchun amaliy tavsiya.

Foto: Rambler Weekend

O‘simlik oqsilidagi protein

Ko‘pchilik sport proteinlari sut zardobidan tayyorlanadi. Agar siz qandaydir sababga ko‘ra odatdagi proteinni iste’mol qila olmasangiz, sizga o‘simlik proteinlari yordam beradi.

O‘simlik oqsilidan olinadigan sport proteinining xom ashyo manbai sifatida ko‘pincha dukkaklilar(soya va no‘xat)xizmat qiladi, lekin guruchdan yoki hatto nasha o‘simligidan olinadigan proteinlar ham uchraydi. Bu maqolada biz bunday proteinlarning yaxshi va yomon tomonlarini ko‘rib chiqamiz.

O‘simlik proteinlarining yaxshi va yomon tomonlari

Afsuski, o‘simlik oqsilidan olinadigan proteinlarning birdan-bir yaxshi tomoni uning tarkibida laktoza yoki hayvonlardan olinadigan boshqa moddalar yo‘qligi hisoblanadi. Boshqa hamma tomondan — bahosidan tortib to mazasigacha u sutdan olinadigan zardobli proteinga yon beradi.

Bunday proteinni tayyorlash jarayoni — sutdan ko‘ra o‘simlik manbadan oqsilni “tortib olish”ning juda murakkabligi asosiy muammo hisoblanadi.

Soyali protein

Vegetarianlar uchun bir qator oqsilli qo‘shimchalar tayyorlashda soya donlari o‘ziga xos xom ashyo hisoblanadi.

Soya erkaklarda testoteron miqdorini kamaytirmasligiga qaramasdan, soyali protein baribir ko‘plab — to‘liq bo‘lmagan aminokislotali tarkibdan tortib to hazm bo‘lish tezligining juda pastligigacha bo‘lgan kamchiliklarga ega.

No‘xatli protein

No‘xatning soyadan asosiy farqi mazkur mahsulotning tarkibida yog‘ning ancha kamligidir, bu uni yo‘qotishda kimyoviy jarayonlarning kamroq bo‘lishini anglatadi.

No‘xatli proteinning birdan-bir kamchiligi uning o‘ziga xos mazasi hisoblanadi. Sport ovqatlarini ishlab chiqaruvchilar no‘xat ta’mini yashirish uchun ancha ko‘p ter to‘kishlariga to‘g‘ri keladi — aynan shuning uchun no‘xatli proteinning qaysi turi sizga ko‘proq manzur bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydi.

Guruchli protein

Aminokislotalarning to‘liq bo‘lmagan ko‘rinishini hisobga olganda, guruch ko‘pincha o‘simliklar proteinining ikkinchi darajali tarkibiy qismlaridan biri sifatida ishlatiladi.

Xulosaviy tavsiyalar

O‘simliklardan olinadigan proteinlarning eng yaxshisi no‘xatli hisoblanadi — lekin u ham hatto o‘rtacha zardobli proteinga yon beradi. Uning hazm bo‘lish tezligi kazein bilan bir xil bo‘lsa ham, no‘xatli proteinni mashqlardan keyin iste’mol qilish foydasiz bo‘lib chiqishi ham mumkin.

Bunday proteinlarning narxi juda qimmatligini hisobga olib, o‘simlik proteinlaridan ko‘ra tarkibi oqsillardan iborat bo‘lgan odatdagi oziq-ovqatlarni iste’mol qilgan yaxshiroq degan xulosaga kelishimiz mumkin.

Manba: Rambler Weekend




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.