Qishdan keyin vitamin yetishmasligi: organizmga quvvat beradigan mahsulotlar
Bahor kelishi bilan ko‘pchilikda umumiy holsizlik kuzatiladi, uyquchanlik va yomon kayfiyatdan aziyat chekamiz. Quyidagi mahsulotlar immun tizimini tiklashga yordam beradi.
C vitamini manbalari
Foto: Stock AdobeBahor yaqinlashgani sari deyarli ko‘pchilikda askorbin kislotasi yetishmasligi kuzatiladi. Ushbu vitaminning asosiy vazifasi — immunitetni oshirish. C vitamini chakanda, olma, qora smorodina, na’matak, qulupnay, kivi, ko‘katlar, karam, shovul, dukkakli va sitrus mevalarida ko‘p miqdorda bo‘ladi. Sitrus mevalari C vitaminining koni deb o‘ylaydiganlar adashadi. Bu borada kivi yetakchi hisoblanadi.D vitamini manbalari
Foto: Stock AdobeBu vitamin “quyosh vitamini” deb ham ataladi, chunki u teriga to‘g‘ridan to‘g‘ri tushgan quyosh nuri ta'sirida organizmda o‘z-o‘zidan ishlab chiqariladi. D vitaminining ahamiyati shundaki, uning yordami bilan organizmga kalsiy yaxshi so‘riladi. D vitamini baliq yog‘i, tuxum sarig‘i, ikra, jigar, sariyog‘, sut va yong‘oqda mavjud. Profilaktika uchun har kuni ushbu mahsulotlardan 5-7 dona iste’mol qilish kifoya.
B1 vitamini manbalari
Foto: Stock AdobeB1 vitamini yoki tiaminning asosiy vazifasi — asab tizimi faoliyatini nazorat qilishdir. Ichak mikroflorasi tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqariladi, ammo yetarlicha emas. Shu sababli yaxshi kayfiyatni saqlab qolish uchun grechka, guruch, bug‘doy bo‘tqasi yoki uni, xamirturush, jo‘xori, loviya, mol go‘shtini iste’mol qilish tavsiya etiladi.
B2 vitamini manbalari
Foto: Stock AdobeBu bo‘y o‘sishiga javobgar vitamin bo‘lib, ayniqsa, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar rivojlanishida juda muhim. B2 vitamini qondagi gemoglobin miqdori uchun ham mas’ul bo‘lib, yaralarning tez bitishiga yordam beradi. Ko‘p miqdordagi riboflavin(vitamin B2)baliq mahsulotlari, go‘sht, tuxum, sut, don va xamirturushlarda mavjud. B2 vitaminining kunlik dozasini ikkita tuxumdan ham olsa bo‘ladi.
E vitamini manbalari
Foto: Stock AdobeTokoferol ko‘pincha “yoshlik vitamini” deb ataladi. Uning vazifasi jinsiy bezlar va mushak to‘qimalarini nazorat qilishdir. Profilaktika va davolash uchun kunlik ratsionga na’matak, zaytun moyi va tuxum sarig‘ini kiritish kerak. Shuningdek, E vitamini shovul va salat barglarida ko‘p miqdorda bo‘ladi.
A vitamini manbalari
Foto: Stock AdobeBu vitamin ko‘rish qobiliyati uchun javobgardir. Uning yetishmasligi diqqat to‘play olmaslik va ko‘z charchashiga olib keladi. Maktab va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ayniqsa muhimdir, chunki u skelet shakllanishi uchun ham javobgar. Vitamin yetishmasligini bartaraf qilish uchun qovoq, lavlagi, sabzi, o‘rik, pomidor, qichitqio‘t, makkajo‘xori, bulg‘ori va qizil qalampirni ko‘proq iste’mol qilish lozim.
Mavzuga doir:
- Tunda iste’mol qilinsa ham vazn ortishiga olib kelmaydigan mahsulotlar
- Qishdan keyingi tiklanish: salomatlik va go‘zallikni qaytarishning asosiy qoidalari
- Avokadoning qanday foydali xususiyatlari bor?
- Salomatlik ko‘zgusi: ko‘zlardan aniqlash mumkin bo‘lgan kasalliklar
Manba