Salomatlik Salomatlik Qanday mahsulotlarni birgalikda iste’mol qilmaslik kerak? Salomatlikka zarar yetkazmaslik uchun 5 ta asosiy taqiq

Qanday mahsulotlarni birgalikda iste’mol qilmaslik kerak? Salomatlikka zarar yetkazmaslik uchun 5 ta asosiy taqiq

O'qildi: 337


Qanday mahsulotlarni birgalikda iste’mol qilmaslik kerak? Salomatlikka zarar yetkazmaslik uchun 5 ta asosiy taqiq

Oshxonada o‘tkaziladigan tajribalar odatda qiziqarli va mazali bo‘lishi mumkin, ammo to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassislar iste’mol jarayonida ayrim mahsulot va ichimliklarni birlashtirishdan ehtiyot bo‘lishni maslahat beradi. Ovqat hazm qilish tizimiga zarar yetkazmoqchi yoki kun bo‘yi o‘zingizni yomon his qilmoqchi bo‘lmasangiz Marie Claire nashri taqdim etgan bir nechta kombinatsiyalardan imkon qadar saqlanish kerak.

Foto: Pinterest

Ikki yuqori oqsilli mahsulot

Misol uchun, tuxum va go‘sht yoki tovuq va pishloq. Oqsilli mahsulotlar juda uzoq vaqt davomida hazm qilinadi va agar bir idishda yoki taomda ikkisidan ham bo‘lsa, hazm jarayoni undan ham uzoqqa cho‘ziladi. Shuningdek, kun oxirigacha oshqozonda og‘irlik hissi kafolatlanadi. Birgina oqsilga boy mahsulotni uglevod yoki klechatkalisi bilan iste’mol qilish yaxshiroq.

Foto: Marie Claire

Sitrus va sut

Bu kombinatsiyani doimiy ravishda sutli kokteyl va muzqaymoqlardan topish mumkin. Albatta, bu juda mazali, ammo sitrus mevalari sutning oshqozonda qotib qolishiga olib keladi, bu qorin dam bo‘lishi yoki jig‘ildon qaynashiga sabab bo‘ladi.

Sut va banan

Sevib iste’mol qilinadigan kokteyl va shirinliklar uchun yana bir mashhur kombinatsiya. Ammo ushbu juftlikni ham hazm qilish juda qiyin. Agar bananli kokteyllarni juda yaxshi ko‘radiganlar bo‘lsa, hazm qilish oson bo‘lishi uchun ularga bir chimdim dolchin yoki muskat yong‘og‘ini qo‘shish tavsiya etiladi.

Foto: Marie Claire

Har qanday taom bilan meva

Agar mevalar ovqatdan keyin darhol yoki aralash iste’mol qilinsa — asosiy taom bilan bir qatorda, ular oshqozonda fermentatsiyani boshlaydi. Bu esa oshqozonda og‘irlik, jig‘ildon qaynashi va kekirishni keltirib chiqaradi. Ushbu muammolarning oldini olish uchun mevalarni ovqatdan biroz vaqt o‘tib, alohida iste’mol qilish mumkin.

Salqin ichimliklar bilan pishloq

Afsuski, muzdek kola va pishloqli pitssani birgalikda tanovul qilishni yoqtiradiganlar uchun yomon yangilik bor: bu kombinatsiya sog‘liq uchun faqat zararli. Gap shundaki, salqin ichimliklar pishloq va u tarkibda bo‘lgan barcha yeguliklarni hazm qilishni qiyinlashtiradi. Natijada, bu oshqozonda noqulaylik va og‘riq paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Mavzuga doir:

  • Kartoshka, loviya va ehtiyotkorlik bilan me’yorda iste’mol qilish kerak bo‘lgan 4 mahsulot
  • Bodring har kun iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
  • Har kuni bitta olma iste’mol qilishga undaydigan 10 ta sabab


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.