Salomatlik Salomatlik Quruq mevalar nimasi bilan xavfli bo‘lishi mumkin?

Quruq mevalar nimasi bilan xavfli bo‘lishi mumkin?

O'qildi: 345


Quruq mevalar nimasi bilan xavfli bo‘lishi mumkin?

Quruq mevalar juda foydali oziq-ovqatlar hisoblanadi. Lekin aslida bu to‘g‘rimi?

Foto: “Russian7.ru”

Yashirin xavf

Sanoat miqyosida chiroyli, zararkunandalar yemagan mevalarni yetishtirishning hech iloji yo‘q. Lekin do‘kon peshtaxtalarini yorqin rangdagi to‘q sariq bargaklar, qahrabo rangli mayizlar va qalin etli olxo‘ri qoqilar bezab turibdi.

Bu go‘zallik va benuqsonliklarning hammasi — quruq mevalarda odam salomatligi uchun xavfli bo‘lgan ko‘p miqdorda konservantlar borligining aniq belgilari hisoblanadi. Kimyoviy vositalarsiz yetishtirilgan haqiqiy quruq mevalarning ko‘rinishi juda oddiy va ko‘rimsizdir. Ularning rangi unchalik yorqin ham emas va po‘stining ba’zi joylarida zararkunandalarning izlari ham ko‘rinib turadi.

Sulfat dioksidi SO2

Bargaklarga chiroyli ko‘rinish berish uchun o‘riklarga sulfat dioksidi SO2 yordamida ishlov beriladi. Bu oziq-ovqat sanoatida E220 koservanti sifatida belgilangan zaharli gazdir. Sulfat dioksidi mikroorganizmlarni yo‘qotadi va quruq mevalarning ko‘rinishi uchun javob beradi. Ular bilan ishlov berilgan bargaklar to‘q sariq rangda va juda chiroyli, qoramtir nuqtalarsiz, lekin po‘sti yuzasida bilinar-bilinmas yupqa parda qoplangan bo‘ladi.

E220 konservanti — juda xavfli qo‘shimcha bo‘lib, u allergiya, astma kasallaridagi bo‘g‘ilish, bosh og‘rig‘i, diareya va hazm qilish a’zolarining boshqa muammolarini keltirib chiqaradi.  Sulfat dioksidi organizmdagi uglevod almashishini boshqaradigan va miya, yurak va qon ishlab chiqarish tizimining normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan B1 vitaminini yemiradi.

Kaustik soda NaOH

Quruq mevalarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan yana bir xavfli modda — kaustik soda NaOH. Olxo‘ri qoqi va mayizlarni ishlab chiqarishda bu modda yordamida olxo‘ri mevalari va uzumlarga ishlov beriladi. Kaustik soda — biodizel yoqilg‘isi va yuvish vositalari ishlab chiqarishda foydalaniladigan o‘yuvchi ishqor. Oziq-ovqat sanoati mutaxassislari ayyorlik bilan uni quruq mevalar ishlab chiqarishda ham qo‘llashmoqda.

Bo‘yoqlar

Bundan tashqari, ba’zi quruq mevalarni oziq-ovqat bo‘yoqlari bilan bo‘yashadi ham. Bularga oddiy sharoitda qurigandan keyin qorayib qoluvchi oq uzum va o‘riklar kiradi.

Agar peshtaxtalarda ko‘rinishi haddan tashqari ajoyib bo‘lgan quruq mevalar joylashgan bo‘lsa, ularning tarkibida bir talay juda yoqimsiz kimyoviy moddalar bo‘lishi aniq.

Manba: “Russian7.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.