Kundalik charchoqni qanday yengish mumkin?
Faqat charchoq belgilarini yo‘qotadigan va keyinchalik esa qator nojo‘ya ta’sirlar keltirib chiqaradigan hapdorilar ichishning o‘rniga organizmga biroz bo‘lsa-da orom, vitaminlar va tabiiy mahsulotlar kerak ekanligini unutmang.
Foto: DepositphotosBiz siz uchun charchoqni dori-darmonlarsiz qanday yengish kerakligi haqidagi bir necha foydali maslahatlarni to‘pladik.
Tomoq og‘rig‘i
Darrov dori vositalariga yugurish kerak emas, chunki og‘riqni tabiiy yo‘l bilan yengishning ajoyib usullari ham bor.
Masalan, iliq moychechakli choy ichish. Agar choyga asal qo‘shilsa, unda yutinish ancha osonlashadi.
Bosh og‘riqlari
Bosh og‘rig‘idan qutulish uchun, sizga bu vaqt ichida dam olishingiz mumkin bo‘lgan biroz tanaffus kerak bo‘ladi.
Agar vaqtingiz bo‘lsa, unda yoga bilan shug‘ullanib ko‘ring. Hammasi bo‘lib bir soat — va siz o‘zingizni ancha yaxshiroq his qilasiz.
Shuningdek uyqu yoki yoqimli muhitda yengil ovqatlanish ham yordam beradi.
Yuklama
Charchashdan divan ustiga yiqilishning o‘rniga, yaxshisi tabiiy yog‘lardan foydalanganingiz ma’qul. Tananing ma’lum bir sohalariga yog‘ surish mushaklardagi zo‘riqishni kamaytiradi va o‘zingizni yengil his qila boshlaysiz.
Shuningdek, charchashning sabablaridan biri xonada kislorod miqdorining yetishmasligi bo‘lishi ham mumkin. Derazalarni oching yoki toza havo olishga chiqing, bir necha daqiqadan so‘ng o‘zingizni yaxshi his qilasiz.
Manba: Rambler Weekend
Manba