Salomatlik Salomatlik Ozish uchun 7 ta asosiy maslahat

Ozish uchun 7 ta asosiy maslahat

O'qildi: 252


Ozish uchun 7 ta asosiy maslahat

Haqiqatan ham ish beradigan, sayyoramizdagi eng to‘ladan kelgan odamni ham ozishga majbur qiladigan bir necha maslahatlar bor. Mana ularning ichidagi eng asosiylari.

Foto: Trendymen

Mashqlarga berilib keting

Birinchi navbatda mashqlardan lazzat olishni o‘rganing. Aqlingiz voz kechgan ishni siz o‘zingizga majburlab qildira olmaysiz.

Ozish uchun uzoq shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi. Mashqlarni bajarishni majburiyat sifatida emas, ish kunidan keyingi dam olish deb qabul qiling.

Qisqa muddatli maqsadlar

“Men ozishni xohlayman” — bu maqsad haddan tashqari uzun va noaniq. Muvaffaqiyatning tasdig‘ini ko‘rmaguningizcha, o‘zingizga natija bo‘lmayotgandek bo‘lib tuyuladi. Aniq va qisqa muddatga mo‘ljallangan maqsadlar qo‘yishni va ularga erishishni o‘rganing.

Eng yaxshi jismoniy qiyofa

O‘zingizga oynadan boqing va tan oling: ko‘rib turganingiz — jismoniy ko‘rinishingiz unchalik yaxshi emas. Hatto agar siz vaqti-vaqti bilan shug‘ullanib tursangiz ham, mashqlarga ko‘proq vaqt ajratishga har doim ham imkoniyat topiladi. Faqat yaxshi ko‘rinishni emas, balki sizga havas bilan qarashlarini xohlayotganingizga qat’iy ishoning. Bu yaxshi motivatsiya bo‘lishi mumkin.

Doimiy nonushta

Ertalabki ovqat nafaqat metabolizmni tezlashtiradi, balki butun kun uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi: yaxshi nonushta qilsangiz, keyin siz ortiqcha kaloriya miqdorini iste’mol qilishni xohlamaysiz.

Tungi ovqatlar

Uxlashga yotishda biroz och bo‘lganingiz ma’qul. Bu — normal holat, organizmingiz kechqurungi yeguliklardan keladigan energiyani qayerga qo‘yishni bilmaydi. Yeyish istagidan bir necha usullar yordamida xalos bo‘lish mumkin: bir piyola issiq o‘tli choy me’dani to‘ldiradi, tishlarni tozalash esa o‘zingizni qo‘lga olishga va tunda sovutgich tomon yugurishdan o‘zingizni tiyishga yordam beradi.

To‘yib ovqatlanmang

Ochlik hissini chuqur anglashga harakat qiling. Ovqatlanib bo‘lgach, hali yana biroz yeyishingiz mumkin bo‘lsa ham dasturxon atrofidan turish uchun o‘zingizda kuch topa olishingiz kerak.

Bu juda qiyin va biroz tajriba talab qiladi, lekin natijasi shunga arziydi. Buning ustiga, yengil ochlik hissi butun organizmni faol holatda ushlab turishga yordam beradi — uyquchilik va charchoqlik holati tezda yo‘qoladi.

Past kaloriyali oziq-ovqatlarni tanlang

250 gramm ismaloqda bir dona Oreo pechenyesidagicha kaloriya mavjud. E’tiboringizni organizmni foydali moddalar bilan to‘liq ta’minlay oladigan past kaloriyali ovqatlarga qarating. Albatta bu vazifani hammadan ham yangi meva va sabzavotlar yaxshi bajaradi.

Manba: Trendymen




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.