Salomatlik Bolalar Bolada gijja borligining alomatlari

Bolada gijja borligining alomatlari

O'qildi: 411


Bolada gijja borligining alomatlari

Bolalarda gijjalar paydo bo‘lishi eng katta xavf-xatarlardan biridir. Organizmda bunday parazitlarning paydo bo‘lishi bolaning rivojlanishiga yomon ta’sir ko‘rsatishidan tashqari, ovqat hazm qilish tizimida ham namoyon bo‘ladi.

Foto: “Deti.mail.ru”

Shifokorlarning hisob-kitobiga ko‘ra, har 10 bolaning 8 nafarida parazitlar aniqlanadi. Lekin gijjalarning alomatlari hammada ham namoyon bo‘lavermaydi. Ko‘pchilik bolalarda gijjalar yashirin shaklda paydo bo‘ladi.

Gijjalar bola organizmiga qanday tushadi?

Bolalarda me’da-ichak yo‘llari mutlaqo himoyasiz bo‘lgani uchun, uning bu sohadagi ta’sirlarga duchor bo‘lish va yuqtirish imkoniyati kattaroq bo‘ladi.

Bakteriyalarning bola organizmiga tushishi asosiy variantlari: uy hayvonlari, sifatsiz oziq-ovqatlar(go‘sht, baliq, sut, sabzavotlar va boshqalar)orqali. Shuningdek, asosiy sabab – bolaning shaxsiy gigiyenasi buzilishi.

Bolalarda gijjalar paydo bo‘lgani alomatlari

  • ko‘ngil aynishi
  • so‘lak ajralishi
  • kindik atrofidagi og‘riqlar
  • ich kelishining izdan chiqishi
  • tez charchab qolish
  • tez-tez bosh og‘rishi
  • uyqusida tishini g‘ijirlatishi
  • bezovta uyqu
  • dermatit ko‘rinishidagi teri reaksiyalari
Bu masalada bolaning va uning oilasidagi boshqa a’zolarning shaxsiy gigiyenaga rioya qilishi juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun bu sizning kun tartibingizdagi eng muhim ishlardan biri bo‘lishi lozim.

Shuningdek bolaning uy hayvonlari bilan bo‘lgan aloqasini cheklash ham juda muhim hisoblanadi va agar bunga yo‘l qo‘yilsa, unda bunga o‘xshash aloqalardan keyin gigiyena qoidalariga rioya qilish juda muhim.

Manba: “Deti.mail.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.