Salomatlik Salomatlik Nima uchun yod ayol organizmi uchun shunchalik muhim hisoblanadi?

Nima uchun yod ayol organizmi uchun shunchalik muhim hisoblanadi?

O'qildi: 273


Nima uchun yod ayol organizmi uchun shunchalik muhim hisoblanadi?

Olimlar ona bo‘lishni rejalashtirgan ayollarda yod taqchilligi bilan bog‘liq yangi muammoni aniqladi.

Foto: Rambler Woman

Amerikalik tadqiqotchilar shunday xulosaga keldiki – homilador bo‘lishni rejalashtirgan ayol organizmida yod yetishmasligi bola tug‘ish rejasining amalga oshmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.

Olimlar to‘rt yil davomida farzand ko‘rishga uringan juftliklarning salomatligi haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. O‘rganish davomida ayollarning ko‘pchiligida yod miqdori kam ekanligi ma’lum bo‘ldi. 55% ayollarda u yetarli ekanligi, 21% ida mo‘tadil tanqislik, 20% ida – o‘rtacha, 1,7% ayollarda esa og‘ir tanqislik holati aniqlandi.

Shifokorlar ota-ona bo‘lishni istovchi juftliklarni organizmdagi kasalliklarni aniqlash masalasiga e’tibor qaratishni maslahat beradi. Shu jumladan, organizmda yod bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilish uchun endokrinolog qabuliga borishni tavsiya qiladi.

Manba: Rambler Woman




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.