Homilador ayollar qachon skrining tekshiruvidan o‘tkaziladi hamda u orqali qanday kasalliklarni aniqlash mumkin?
Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev homila skrininggi qachon va qanday maqsadda o‘tkazilishi haqida ma’lumot beradi.
Foto: Getty ImagesHomila skrininggi — homilada irsiy va boshqa nuqsonlarning rivojlanish xavfini aniqlashga qaratilgan tibbiy tadqiqotlar kompleksi: laboratoriya va ultratovush yordamida tekshiruv(UTT)kiradi. “Skrining” so‘zi ingliz tilida “saralash” ma’nosini bildiradi.
Prenatal(tug‘riqdan oldingi)skriningdan maqsad:
Birinchidan, ayollarda homilador bo‘lish ehtimolini oldindan aniqlash. Bular: preeklampsiya, eklampsiya, fetoplatsentar yetishmaslik, homila rivojlanishining orqada qolishi, homilaning o‘smay qolishi.
Ikkinchidan, tug‘ilajak bolada irsiy va boshqa nuqsonlar bor-yo‘qligini aniqlash. Bosh miya, yurak, umurtqa pog‘onasi, qo‘l-oyoqlardagi nuqsonlar, Daun sindromi va boshqa ko‘pgina nuqsonlarni aniqlash uchun.
Prenatal skrining 5 turdan iborat:
- ultratovush yordamida tekshiruv;
- biokimyoviy analiz;
- immunologik(homilaning rivojlanishiga putur yetkazadigan ToRCh-infeksiyalarga tekshirish: qizilcha, gerpes, sitomegalovirus, toksoplazmoz, xlamidioz);
- sitogenetik analiz(qo‘shimcha ko‘rsatmalar asosida qilinadi);
- molekulyar(juda kam uchraydigan irsiy kasalliklarda qilinadi).
Asosiy vazifa:
- homilador ayolning salomatligini, ya’ni bolaning sog‘lom rivojlanishiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan kasalliklar bor-yo‘qligini aniqlash;
- bolada nuqsonlar yo‘qligini aniqlash;
- barcha homilador ayollar tekshiriladi.
Birinchi skrining homiladorlar uchun muhim va asosiysi hisoblanadi. Bo‘lajak onaning salomatligi rivojlanayotgan va tug‘iladigan bola sog‘lom bo‘lishining asosiy omilidir. Onada yashirin kasalliklar bo‘lsa, uni oldindan aniqlab, davolash va bartaraf etish lozim. Bolalarda ko‘pgina genetik nuqsonlar 11—13 hafta oralig‘ida ko‘rinadi, katta bo‘lgan sari belgilar o‘zgarib, aniqlanmay qoladi.
Quyida qaysi toifadagi ayollar uchun skrining zarur va o‘ta muhimligi ko‘rsatilgan.
- 35 yoshdan kattalar;
- bolalarida tug‘ma nuqson bo‘lgan homiladorlar;
- ilgari ketma-ket ikki homilasi tushgan;
- homila rivojlanishining dastlabki bosqichlarida mumkin bo‘lmagan dorilarni ichgan;
- dastlabki bosqichda yuqumli kasalliklarga chalingan homiladorlar;
- qarindoshlar orasidagi nikoh;
- ota va ona avlodida irsiy kasalliklar bo‘lsa;
- EKO yordamida homilador bo‘lganlar.
Uchinchi skrining 33—36 hafta oralig‘ida o‘tkaziladi. Analizlar va UTT tekshiruvlari o‘tkaziladi. Onaning salomatligiga e’tibor beriladi. Oyoqda shishlar paydo bo‘lishi, qon bosimi oshishi va boshqa holatlar kuzatilishi mumkin. Bunga o‘z vaqtida e’tibor berish kerak. UTTda bolaning taxminiy og‘irligi, bo‘yi, ona qornida qanday joylashganligiga e’tibor beriladi. Bola tug‘ilishiga tayyorgarlik ko‘riladi. Bolaning ona qornida ba’zi joylashishlari, masalan, ko‘ndalang yoki yo‘ldoshning juda pastda joylashishi, ba’zan tug‘ish yo‘lini to‘sib qo‘yadi va yana boshqa o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda bolani “kesarevo” operatsiyasi yo‘li bilan olishga to‘g‘ri keladi. Unda homiladorlarning tug‘ish paytini rejalalashtirib va operatsiyaga belgilash kerak.
Bolaning sog‘lom va baquvvat tug‘ilishi uchun skrining tekshiruvlarini o‘z vaqtida o‘tkazish kerak. Sog‘lom bola ona salomatligiga bog‘liq. Homilador ayollarda gormonal, psixologik va yana boshqa ko‘pgina o‘zgarishlar bo‘ladi, ona atrofidagi insonlar bu o‘zgarishni tushunib, unga psixologik yordam berishi kerak.
Mavzuga doir:
- Homiladorlarda qorin pastki qismida sanchiq paydo bo‘lishining sababi nima?
- Ortiqcha vazn ayollarning homilador bo‘lishiga to‘sqinlik qiladimi?Shifokor javob beradi
- Homiladorlar uchun moda qoidalari: Bo‘lajak onalar qanday qilib zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin?( foto)
Manba