Salomatlik Bolalar Bola salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘yinchoqlar

Bola salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘yinchoqlar

O'qildi: 431


Bola salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘yinchoqlar

Mutaxassislarning fikridan kelib chiqqan holda xarid qilish tavsiya qilinmaydigan o‘yinchoqlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Spinner

Foto: “Woman’s Day.ru”

Sal avval har bir bolaning qo‘lida bo‘lgan ushbu o‘yinchoq bilan bir nechta yoqimsiz holatlar yuz bergan. AQShda bir bolakay elementlari bir-biridan ajraladigan spinnerning kichik detalini yutib yuborgan. Ushbu yuz bergan hodisa haqida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘z sahifasida bo‘lishgan. Amerikada allaqachon bolalarning maktabda spinnerdan foydalanishi taqiqlangan. O‘yinchoqlar o‘smirlarni o‘qishdan chalg‘itib, diqqatni jamlashiga xalal beradi deb hisoblanadi.

Magnitli konstruktor(neokub)

Foto: “Woman’s Day.ru”

Mayda magnitli sharchalardan iborat o‘yinchoq o‘ramida 3 yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan deb yozilganiga qaramay, aslida 12-14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mumkinligi ham shubhali. Konstruktorni tishlari bilan qismlarga ajratishga harakat qilgan payti kichkintoylar sharchalarni yutib yuborishi mumkin. Organizmga kirganida magnitlar birlashib ichaklarni shikastlaydi. Shu sababdan ham mutaxassislar kichik yoshli bolalar uchun bu kabi konstruktorlarni xarid qilmaslikni tavsiya qiladi.

Sharlar

Foto: “Woman’s Day.ru”

Beozor ko‘ringan sharlar ham bolaga zarar yetkazishi mumkin. Aytishlaricha, yorilgan shar shovqini miltiqdan otilgan o‘q shovqini bilan barobar. Shuning hisobiga bola qattiq qo‘rqib ketishi mumkin. Qolaversa, ba’zida puflaganda ham yorilib ketib, ma’lum qismi og‘izga kirib ketadi. Mutaxassislarning fikricha, sharlarni bolalarga bermaslik kerak.

Pop-it

Foto: “Woman’s Day.ru”

Oxirgi vaqtda, ayniqsa, mashhurlikka erishgan mazkur o‘yinchoq motorikani yaxshilab, tinchlantirishga yordam berishiga ishoniladi. Ammo mutaxassislar uning foydasidan ko‘ra, zarari ko‘proq deb biladi. Psixologlar pop-it’ni tobelikni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan haqiqiy “emotsional fastfud” deb hisoblaydi.

“Bola ushbu o‘yinchoqni mustaqil ravishda hech qanday qoidalarsiz o‘ynashi bu bolalarda shundoq ham ko‘p bo‘ladigan nevrologik o‘zgarish — miyaga o‘rnashib qoladigan harakatlarni rivojlantiradi. Ular ko‘zlarini tez-tez pirpiratadi, sochlarini barmoqlariga o‘rab, og‘ziga solishi, tirnoqlarini tishlashi, og‘ziga narsa solishi mumkin”, — deydi psixolog Yelena Igina.

Otadigan o‘yinchoqlar

Foto: “Woman’s Day.ru”

Bugungi kunda mutaxassislar sotuvdagi o‘yinchoqlarning zararini tahlil qilish uchun avvalgidan farqli ravishda ko‘proq vaqt sarflaydi. Ularning fikricha, kichkintoylar bu kabi o‘yinchoq bilan o‘ynaganda qarshisidagi raqibini otish uchun masofani hisobga olmaydi. Aynan shu sabab ham oddiy suv sepadigan o‘yinchoqli pistoletlar jarohatlanishga sabab bo‘ladi. Mutaxassislar shuni inobatga olgan holda to‘plamda himoyalovchi ko‘zoynakni sotib olishni va muntazam ravishda bolaga o‘ynashidan avval xavfsizlik qoidalarini tushuntirishni maslahat beradi.

Uchadigan o‘yinchoqlar

Foto: “Woman’s Day.ru”

Vertolyot, samolyot, dron va boshqa uchadigan apparatlar o‘smirlar uchun mo‘ljallangan. Qolgan bolalarga bu kabi kabi o‘yinchoqlardan ota-onasining kuzatuvisiz foydalanish mumkin emas. Bolaning bilmagan holda qo‘lini harakatlanayotgan parrak orasiga qo‘yishi, shikastlanish va jarohatga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday o‘yinchoq xarid qilishga qaror qilganlarga esa harakatlanadigan qismi yumshoq plastikdan ishlangan, qirralari yo‘q variantlarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Polimerli sharchalar

Foto: “Woman’s Day.ru”

Aksariyat hollarda rivojlantirish uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlar to‘plamida polimerli sharchalardan foydalanilganiga guvoh bo‘lish mumkin. Ammo bu bola uchun xavfli hisoblanadi. Agar kichkintoy quruq holida yutib yuborsa, kichkina sharcha kattalashib, ichaklardan ovqat o‘tmay qolishiga olib keladi, rentgenda esa uni aniqlab bo‘lmaydi. Shu sabab ham bola kattalar kuzatuvisiz polimerli sharchalar bilan o‘ynamasligi kerak.

Yumshoq o‘yinchoqlar

Foto: “Woman’s Day.ru”

Chang to‘planishi mumkinligi hisobiga bu kabi o‘yinchoqlar allergiya kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Chang faqat yuzaning o‘zida bo‘lmagani tufayli esa ularni tozalash unchalik oson bo‘lmaydi. Bundan tashqari, arzon yumshoq o‘yinchoqlar toksik materiallardan ishlangan, rang berish uchun esa zararli bo‘yoqlardan foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Bola mustahkam bo‘lmagan variantdagi o‘yinchoqlarning ko‘z yoki burnini yulib olib, og‘ziga solishi bundan ham yomoni, bilmagan holda yutib yuborishi mumkin.

Mavzuga doir:

  • Bola necha yoshida gapirishi kerak?
  • Bolaning xulq-atvorida e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan 6 ta belgi
  • Bolalarning qulog‘i og‘riganda qanday yo‘l tutish kerak?
  • Bolalarda qandli diabetning 7 ta dastlabki simptomlari


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.