Salomatlik Bolalar Farzandining ta’lim olish jarayonida barcha ota-onalar yo‘l qo‘yadigan 5 ta xato

Farzandining ta’lim olish jarayonida barcha ota-onalar yo‘l qo‘yadigan 5 ta xato

O'qildi: 349


Farzandining ta’lim olish jarayonida barcha ota-onalar yo‘l qo‘yadigan 5 ta xato

Hattoki eng mas’uliyatli ota-onalar ham farzandining baxtli, bilimli bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan, shuningdek, oiladagi totuvlikka ta’sir o‘tkazadigan, ta’lim va tarbiyada yo‘l qo‘yadigan xatolardan holi emas. Ayniqsa, karantin sababli bolalar masofadan ta’lim olayotgan bir paytda. Advance ta’lim texnologiyalari markazining asoschisi va “Bolalar motivatsiyasi texnologiyasi” kitobining muallifi Nikolay Yagodkin ota-onalarga quyidagi 5 ta xato ustida ishlashni maslahat beradi.

Foto: Cosmopolitan

12 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan kelajak haqida gaplashish

Bolaga obro‘li inson bo‘lish, munosib maosh olish, bosh direktor bo‘lish uchun yaxshi o‘qishi shart ekanligini aytish mumkin emas. U endigina 10 yoshda, hatto 10-20 yildan keyingi hayotini tasavvur qilishga ham qodir emas. Bolalar kattalarga nisbatan ancha sodda rejalar tuzadi. Kattalar esa 5 yildan so‘ng lavozimi va maoshi qancha bo‘lishini ham tasavvur qilishni biladi.

Bola esa go‘yoki yangi olam. U faqat o‘zini qiziqtirgan narsa uchun harakat qiladi. 12 yildan so‘ng bolaning maqsad va qiziqishlari inobatga olinsa, albatta, yuqoridagi fikr ish beradi. Agar bola veterinar bo‘lishni orzu qilsa, ota-ona tomonidan ham maqbul taklif chiqishi lozim: “Yaxshi veterinar bo‘lishni va hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilishni xohlaysanmi?Hayvonlarning inson kabi tili bo‘lmaydi, lekin ularni davolay olish uchun dorilar haqida juda ko‘p bilimga ega bo‘lish zarur. Buning uchun tabiiy fanlarni yaxshi o‘qish kerak”. Bu bolaga kuch, g‘ayrat bag‘ishlaydi.

Salbiy motivatsiya bilan shug‘ullanish

Bunga quyidagilar kiradi:

  • Qo‘rquv. Bola yomon baho olishdan emas, bu tufayli ota-onasidan eshitadigan dakkidan qo‘rqadi.
  • Jazo. Bola ota-onasi tomonidan jazolanishdan qo‘rqadi.
  • Majburiyat.Bola yaxshi o‘qishi kerak, u kattalarning yagona umidi. Uni kelajakda qancha tashvishlar kutib turibdi, demak, shuning uchun ham yaxshi o‘qishi kerak.
  • Uyat. Bola ota-onasi tomonidan qo‘shni, do‘stlar yoki hamkasblar oldida iste’dodli bo‘lmaganligi uchun uyaltirilishidan xavotirlanadi.
  • Teskari aloqa. Ota-onalar o‘zlari sezmagan holda bolasini ahmoq, uquvsiz deb koyishi odatiy holga aylangan. Afsuski, ularni bunday baholash salbiy motivatsiya bo‘lib, bolani shu kabi xususiyatlar borligiga ishontiradi. Uzoq muddatda ular stressga aylanishi ham hech gap emas.
Shundan so‘ng bolada fikrni jamlash qiyinlashadi, faoliyati susayadi va ota-onalar bilan munosabati o‘zgaradi. Bolani qo‘rquv bilan tarbiya qilmoqchi bo‘lganlar diqqatiga, kelajakda farzandingiz o‘z manfaatlarini ham himoya qila olmaydi. Ular kelajakda boshqalarga nisbatan kamroq daromad topadi. Dunyodan uzoqlashadi, jamoatchilik fikri bilan yashaydi. 10 yildan so‘ng bolaga psixolog izlamaslik uchun ham hozirdan ularga nisbatan qo‘llanayotgan ruhiy zo‘ravonlikni to‘xtatish kerak.

O‘rganishga majbur qilish

Ko‘pgina ota-onalar yaxshi baho uchun maqtov aytmaydi, sababi bola shundoq ham yaxshi o‘qishi kerak. Lekin yomon baholar uchun tanbeh berishadi. Ota-ona bolasi bilan toki kuchi yetgunga qadar birga dars qilishi mumkin. Ammo vazifalar qiyinlashgani sari endi repetitor tomon sudraydi. Bola maktabdan charchab kelib, yana dars qilishga majbur bo‘ladi. Uning xayolida ikki fikr paydo bo‘ladi:

  • Hech qachon hech narsa o‘rganmaslik;
  • Muammolarini o‘zi hal etolmaslik.
Farzandni qarzdor deb bilish

Bolaning o‘ziga xos istaklari, fikrlari, tanlash huquqi bor. Barkamol, ruhan sog‘lom shaxsni o‘stirishni istovchilar, albatta, bu bilan hisoblashishi zarur. Bola kichik yutuqlari uchun ham maqtov eshitsa, u o‘rganish uchun o‘zida kuch topadi. Buni esa, avvalo, ota-onalar o‘rganishi kerak, maqtash uchun olamshumul ishni amalga oshirish shart emas. Demak, har qanday yutuqni maqtash tufayli bola buyuklikka intiladi. Bola bilan ham katta shaxs sifatida muloqot qilib, shartnomalar tuzish mumkin. Bu esa ularga qanday qilib sherik bo‘lish, va’dalarni bajarish va mas’uliyatli bo‘lishni o‘rgatadi.

Boladan o‘zingizda yo‘q narsani talab qilish

Bolaning tarbiyasi so‘zda emas, amalda talab qilinadi. Agar boladan ko‘p kitob o‘qishni talab qilsangiz-u, o‘zingiz smartfon o‘ynab o‘tirsangiz, katta o‘zgarishlarni kutib ovora bo‘lmang. Sababi bola kattalardan  nusxa ko‘chiradi. Bolada kognitiv kelishmovchilik bo‘ladi, sababi undan talab qilishadi va bunga o‘zlari amal qilmaydi. Albatta, ular bu kabi xatti-harakatini kattaligi bilan oqlashi mumkin. Shuning uchun bola oldiga maqsad qo‘yishini, so‘zida turishini, zaiflarni ranjitmasligini istasangiz, o‘zingiz namuna bo‘lishga harakat qiling.

Odamlar mukammal emas, shu jumladan, ota-onalar ham. Xatolar ustida iloji boricha tezroq ishlash kerak. Chunki har bir ota-ona bolasini yaxshi ko‘radi va baxtli bo‘lishini istaydi.

Mavzuga doir:

  • Ota-onalar bola tarbiyasida yaxshi niyatda yo‘l qo‘yadigan 4 xato
  • Bolaga tez-tez baqirsangiz... Vaziyatni yumshatishning 4 usuli
  • Bolaning kelajakda qashshoq inson bo‘lishiga olib keladigan tarbiyadagi xatolar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.