Antibiotiklar: Qanday hollarda ularni qabul qilish yoki voz kechish kerak?
Dori-darmon vositalarining barchasi shifokor ko‘rsatmasiga asosan qabul qilinishi kerak, lekin asosli sabab bilan mutaxassis ko‘rigiga borishning iloji bo‘lmasa nima qilish kerak?“Domashniy ochag” ushbu savolga javob beradi.
Foto: Balance oneAntibiotiklar yallig‘lanishga qarshi samara beradi, lekin ularni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish va qachon samara berish-bermasligini bilish kerak bo‘ladi. Shifokorlarning ta’kidlashiga qaraganda, antibiotiklarning nazoratsiz, dozaga amal qilmasdan qabul qilinishi, o‘zini-o‘zi davolash kabilar infeksiyaning surunkaliga aylanishiga olib kelishi mumkin.Quloq kasalligi infeksiyalarida
Qabul qilmasa ham bo‘ladi: Aksari quloq infeksiyalarida ayniqsa, ikki yoshdan katta bolalarda kuzatilgan belgilarda darhol antibiotik berishga shoshilmang. Bir-ikki kundan keyin ham simptom yo‘qolmasa shifokorga murojaat qiling va ko‘rsatmalariga rioya qiling.
Qabul qilsa bo‘ladi: Kuchli va lo‘qillagan og‘riq kuzatilsa, bir necha kunda ham o‘tib ketmasa antibiotik qabul qilish kerak bo‘ladi.
Ekzema — teri allergik kasalligida
Qabul qilmasa ham bo‘ladi: Unutmang, antibiotiklar teri qizarishi va qichimasiga qarshi yaxshi samara bermasligi mumkin. Shu sabab ham ekzema belgilari kuzatilishi bilan shifokorga murojaat qiling.
Qabul qilsa bo‘ladi: Agar siz teringizda bakterial infeksiya belgilari — yiringli yara, shilinish va yallig‘lanish bor ekanini payqasangiz antibiotik foyda berishi mumkin. Boshqa vaqtda bo‘lsa, ushbu dori vositalarining keragi yo‘q.
Respirator infeksiyalari
Qabul qilmasa ham bo‘ladi: Shamollash, gripp, yo‘talish va bronxit kasalliklarini aksari holda virus keltirib chiqargani uchun ham antibiotiklar ta’sir qilmasligi mumkin.
Qabul qilsa bo‘ladi: Agar yo‘tal ikki haftadan keyin ham qolmasa yoki streptakok infeksiyaga topshirilgan test ijobiy chiqsa, unda qabul qilish kerak bo‘ladi.
Sinusit infeksiya
Qabul qilmasa ham bo‘ladi: Sovuqdan orttirilgan tumov ba’zi hollarda bir haftada o‘tib ketadi.
Qabul qilsa bo‘ladi: Simptomlar hafta davomida kamaymasa va ahvol yaxshilanmasa, bosh og‘rig‘i to‘xtamasa, burundagi suyuqlik yashil rangda bo‘lib, badbo‘y bo‘lsa, bakteriya bo‘lishi mumkin. Bunda antibiotik yordam bera oladi.
Siydik yo‘llaridagi infeksiya
Qabul qilmasa ham bo‘ladi: Topshirilgan siydik tahlilida bakteriya topilsa, ammo hech qanday simptomlar kuzatilmasa, darhol antibiotik qabul qilishga shoshilmang. Chunki antibiotiklar faqatgina infeksiyalarni o‘ldirmaydi, balki organizmda o‘ziga chidamli bakteriyalar paydo bo‘lishiga olib kelishi ham mumkin.
Qabul qilsa bo‘ladi: Simptomlar va og‘riq kuzatilganda. Bunday vaziyatda shifokor qabuliga yozilib kerakli choralarni ko‘ring.
Mavzuga doir: Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi antibiotiklar inson salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Manba