Har kuni tvorog iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?
Vazn tashlashni istaydigan, uyqusida muammo kuzatiladigan insonlar ratsioniga tvorogni kiritishi kerak. “RIA Novosti”ning parhezshunos Olga Korablyova ma’lumotlariga tayanib yozishiga qaraganda, salomatlik bilan bog‘liq muammolarning oldini olish uchun ushbu mahsulotdan 100-200 gr iste’mol qilish kerak bo‘ladi.
Foto: Getty ImagesGemoglabin ko‘tariladi
Tvorog gemoglabin uchun ahamiyatli bo‘lgan temir moddasini o‘z ichiga oladi. 1 kg tvorog tayyorlash uchun 8-10 litr sut kerak bo‘lgani uchun ham ushbu mahsulotda temir miqdori sutdagidan ham ko‘proq bo‘ladi.
Jigarni tozalaydi
Yog‘li va tez tayyorlanadigan taom sevuvchi va tez-tez yeyuvchilarning jigar hujayrasida yog‘ to‘planib boradi. Bu esa jigarning yog‘ bosishiga olib keladi. Tvorog tarkibidagi aminokislota — miteonin esa yog‘larni parchalash va qondagi “yomon” xolesterinni kamaytirish xususiyatiga ega.
Ozishga yordam beradi
9 foizli 100 gramm tvorogda, atigi 169 kaloriya hamda tez to‘yishga yordam beruvchi oqsildan 16 foiz bo‘ladi. Shu sababdan ham uning iste’molidan keyin odam o‘zini to‘q his qiladi va odatdagidan kamroq taom yeydi.
Tishlarni mustahkamlaydi
Shuningdek, ushbu mahsulot kalsiy va fosforning koni sanaladi. Uning ratsiondan o‘rin olishi tish bilan bog‘liq muammolardan qutilishga yordam beradi, suyaklar mustahkam, soch va tirnoqlar esa avvalgidan ham baquvvat bo‘ladi.
Mavzuga doir: Nonushtaga vitaminlarga boy tvorogli smuzi tayyorlang
Manba