Qandli diabetning hamma bilishi kerak bo‘lgan 9 ta belgisi
Qandli diabetning ikkinchi toifasi haqida nimalarni bilasiz?Oddiy qilib aytganda, bu qon qabul qilmaydigan darajada glyukoza miqdorining ko‘tarilishidir. Tanadagi “erkin” shakar miqdori salbiy holatlarni paydo qilmasligi uchun qandli diabetning dastlabki belgilarini kuzatib borish juda muhim. O‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish va turmush tarzini o‘zgartirish qandli diabetning jiddiy va noxush oqibatlarining oldini oladi.
Foto: “Domashniy ochag”Qandli diabetning ikkinchi toifasi keng tarqalgan kasallik bo‘lib, birgina Amerikada qandli diabetdan 30 million kishi aziyat cheksa, 84 million kishi kasallikning ikkinchi toifasiga chalingan.
Ikkinchi toifadagi bemorlarda qonda shakar miqdori doimiy ravishda ko‘tarilib turadi. Ammo turmush tarzi o‘zgartirilmasa, davolanilmasa, kasallikning alomatlari o‘z-o‘zidan qandli diabetga aylanadi – dastlabki belgilar kuzatilgandan so‘ng taxminan besh yil o‘tib, kasallik to‘liq shakllana boshlaydi.
Qandli diabetning ilk alomati yashirin bo‘ladi va shu holatda rivojlanadi, ayniqsa, dastlabki bosqichlari yengil o‘tadi. Qandli diabetning dastlabki belgilari qandayligi va uning xavfli omillari haqida iloji boricha ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish zarur.
Qandli diabetdan oldingi va ikkinchi toifasida kuzatiladigan alomatlar:
Tez-tez peshob chiqarish
Qonda qand miqdori yuqori bo‘lsa, buyraklar ortiqcha glyukozani peshob orqali chiqarishga harakat qiladi. Shuning uchun qandli diabet oldi odamlar tez-tez, ayniqsa, kechasi ko‘proq hojatxonaga chiqadi.
Qattiq chanqoq
Birinchi belgi o‘z-o‘zidan ikkinchi belgini keltirib chiqaradi. Tez-tez peshob, tabiiyki, tananing suvsizlanishga olib keladi va odam doimo chanqaydi. Ushbu holatdagi odamlar qanchalar ko‘p suyuqlik ichmasin, tanada uning miqdori yetmaydi. Shuningdek, tanada peshob bilan birga chiqib ketadigan elektrolitlar – kaliy, magniy va boshqa minerallar ham kamayadi.
Doimiy ochlik
Nafaqat chanqoq, balki ochlik hisi ham qandli diabetning ikkinchi toifasi xabarchisi bo‘lishi mumkin. Hazm qilish tizimi oziq-ovqatlarni oddiy shakarga aylantiradi, keyinchalik organizm undan foydalanadi. Qandli diabet bilan og‘rigan odamlarda qon oqimidagi glyukoza hujayra devorlariga kira olmaydi. Natijada qanchalik ko‘p ovqat tanovul qilinmasin, diabet oldi va ikkinchi toifadagi bemorlar ochlikni his qiladi, sababi tana chindan ham och qolgan bo‘ladi.
Doimiy charchoq
Qandning samarasiz parchalanishi va so‘rilishi, aytib o‘tilganidek, tana to‘qimalarining ochligiga olib keladi. Bu esa doimiy charchoq va sustlikni keltirib chiqaradi.
Ko‘rishda muammo
Qondagi ortiqcha miqdordagi shakar qon tomirlari va kapillyarlariga zarar yetkazadi – ularning devorlari yanada mo‘rtlashadi. Bu orqali ko‘zning ko‘rish qobiliyati pasayadi, tasvir xiralashadi. Aytish kerakki, muammo bir ko‘zda yoki ikkalasida birdan o‘zini namoyon qilishi mumkin.
Bunday vaqtda qandli diabetni davolash ishlari boshlanmasa, vaqt o‘tishi bilan ko‘rish qobiliyati yo‘qolishi mumkin. Bundan iloji boricha ehtiyot bo‘lish zarur.
Sog‘liqni qayta tiklash tezligining pasayishi
Hech kim o‘z-o‘zidan tanaga jarohat yetkazmaydi. Oddiygina uy hayvoni, masalan, mushuk tirnab olgan yaraning tuzalishi va bitishi uchun ham hafta, balki oylar kerak bo‘ladi. Bu ham qandli diabet belgilarining alomatidir.
Sababi qon tomirlari va kapillyarlarning devorlari qondagi qand miqdoridan aziyat chekadi, organizm endi yangilanish uchun yetarli resurslarga ega emas. Yaralarning sekin bitishi infeksiya yuqish darajasini orttiradi.
Oyoq va qo‘l uchlarining uvishishi va og‘riq
Shakar qon aylanishiga ta’sir o‘tkazadi, bu esa asab tolalarini shikastlaydi. Kasallikning ikkinchi toifasidagi odamlarda bu og‘riq, karaxtlik va barmoqlar yoki oyoq uchlarida uvishish paydo qiladi. Ayniqsa, u oyoq uchida ko‘proq kuzatiladi. Ushbu holat neyropatiya deb ataladi va boshqa alomatlar singari vaqt o‘tishi bilan yomonlashishi mumkin.
Terining qorayishi
Ba’zi joylarda teri qalinlashishi va rangda o‘zgarish kuzatiladi. Odatda bo‘yin, qo‘ltiq osti, bo‘g‘im terisi va tirsaklarda bu kabi holatlar bo‘lishi mumkin.
Qichishish va toshma
Qon va peshob tarkibidagi ortiqcha glyukoza zamburug‘lar va bakteriyalarni ko‘paytiradi. Albatta, bakteriyalar o‘z navbatida og‘iz, qo‘ltiq osti sohalarida paydo bo‘ladi. Muammoli joylar odatda yallig‘lanadi va qichishadi, teri yuzasida turli toshma va et ko‘chishi kuzatiladi.
Qandli diabetni davolamaslik butun vujudga katta ta’sir ko‘rsatadi, bu esa sog‘liq va hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Kasallik bilan og‘rigan odamlarda ko‘pincha boshqa zaifliklar ham birga xuruj qiladi:
- yurak bilan bog‘liq muammolar;
- insult;
- asab shikastlanishi;
- oyoq og‘rig‘i;
- buyrak kasalligi;
- ko‘rish qobiliyatining susayishi;
- erkak va ayollarda jinsiy kasallik.
Manba