Salomatlik Goʼzallik Ratsionidan birgina mahsulotni chiqarib tashlagan ayol husnbuzarlardan xalos bo‘ldi

Ratsionidan birgina mahsulotni chiqarib tashlagan ayol husnbuzarlardan xalos bo‘ldi

O'qildi: 380


Ratsionidan birgina mahsulotni chiqarib tashlagan ayol husnbuzarlardan xalos bo‘ldi

Keysi Pauni ismli qizning yuz terisi avval har qanday kichik kamchiliklardan holi, sog‘lom va silliq ko‘rinishda bo‘lgan. Hattoki odamlar undan yuz terisiga qanday g‘amxo‘rlik qilish haqida so‘rar edi, lekin Keysi hech qanday maxsus parvarishdan foydalanmagan.

Foto: “Domashniy ochag”

Taxminan bir yil oldin uning yuzida husnbuzarlar paydo bo‘la boshladi. Keysi buning sababini sovuq ob-havodan deb bildi, tez orada havo harorati ko‘tarilsa-da, uning yuzidagi toshmalar yo‘qolmadi. Shundan so‘ng u dermatolog huzuriga bordi.

Foto: “Domashniy ochag”

“Mutaxassis menga husnbuzarlarni yo‘qotish uchun krem tavsiya qildi va teri parvarishini soddalashtirishni maslahat berdi. Uning ko‘rsatmalari bir muddat yashi natijani ko‘rsatdi, lekin keyin terida toshmalar paydo bo‘ldi, chunki buning haqiqiy sababi terining ostida edi”, – deydi Keysi.

Husnbuzar bilan kurash dastlab samarasiz kechdi. Keysi bu masalani yanada chuqurroq o‘rganishga qaror qildi va shu orada sut mahsulotlari haqidagi maqolaga duch keldi. Unga ko‘ra, sut yuz terisida muammolarga olib kelishi mumkinligi aytilgandi. Mana gap qayerda, taxminan bir yil oldin, Keysi har kuni ertalab katta stakanda latte ichishni odat qilgandi. Evrika!

Foto: “Domashniy ochag”

Shundan so‘ng u nonushtada sutli qahva ichishni to‘xtatdi va bir hafta ichida terisi yaxshilanib borayotganining guvohi bo‘ldi. Keysi sut mahsulotlaridan butunlay voz kechmadi, balki ertalabki qahvadagi odatdagi sutni soya suti bilan almashtirdi. Uning terisi yana sog‘lom va avvalgi ko‘rinishga kelishi uchun bor-yo‘g‘i bir oy kerak bo‘ldi.

“Ichaklar immunitet tizimining 70 foiziga ta’sir qiladi. Agar biror xatolik yuz bersa, odamda husnbuzar va teri toshmasi kabi bir qator alomatlar paydo bo‘lishi mumkin”, – deydi kosmetolog va dermatolog Terri Lung.

Odamlar ko‘pincha sutni hazm qilishda qiyinchiliklarga duch keladi. Sutning o‘rnini bosuvchi eng yaxshi mahsulot – soya yoki bodom suti. Agar shunday muammo yuzaga kelsa, diyetolog bilan maslahatlashish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.