Salomatlik Salomatlik Shirin hayot: qondagi glyukoza miqdori organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Shirin hayot: qondagi glyukoza miqdori organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

O'qildi: 403


Shirin hayot: qondagi glyukoza miqdori organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Glyukoza — bu mushaklar va miya faoliyatini ta’minlaydigan “yoqilg‘i”dir. Organizm odatdagidek ishlayotgan bo‘lsa, gormonal tizim shakar miqdorini doimiy ravishda ushlab turadi. Natijada tana qulay tarzda ishlaydi - siz o‘qiysiz, ishlaysiz yoki qiyinchiliksiz yugurasiz. Agar gormonal tizim buzilgan bo‘lsa, unda shakar darajasi avval ko‘tariladi, keyin tushadi. Natijada o‘zingizni ba’zan kuchga to‘lgan, ba’zida esa holdan toygandek his qilasiz.

Foto: Getty Images

Agar sizda(dunyodagi 300 million odam kabi)diabet kasalligi aniqlansa, bunday o‘zgarishlar yurak-qon tomir kasalliklariga, buyraklar shikastlanishiga va oyoq-qo‘llar uvishishiga olib kelishi mumkin.

Qandli diabetning oldini olishda ko‘p narsa ovqatlanish va turmush tarzingizga bog‘liq. Hatto nisbatan sog‘lom ovqatlar ham qondagi shakar miqdorining keskin pasayishiga olib kelishi mumkin.

Ovqat glyukoza darajasiga qanday ta’sir qiladi?

Aytaylik, siz 100 kaloriya iste’mol qildingiz. Ammo glyukoza miqdorini hisobga olsangiz, jarayon biroz murakkablashadi. Shokoladli pechenyedan 100 kaloriya, qovoqli kurka go‘shtidan 100 kaloriya tanangizning shakar muvozanatiga alohida-alohida ta’sir qiladi. Tarkibida kletchatka, yog‘ va oqsillar bo‘lgan oziq-ovqat asta sekin so‘rilib, glyukozani qonga chiqarib yuboradi.

Oliy navli un va qayta ishlangan mahsulotlardan tayyorlangan shirinliklar, pishiriqlar deyarli bir zumda so‘rilib, qonga zararli dozalarni yuboradi.

Juda keskin ko‘taradi

Shirinlik, pishiriq, tort, ponchiklar. Ammo glyukoza darajasiga zudlik bilan ta’sir qilish uchun oziq-ovqat har doim ham shirin bo‘lishi shart emas. Qayta ishlangan ovqatlar va oq unli mahsulotlar(makaron, non, pechene, pitssa)ham xuddi shunday ta’sirga ega.

Foto: Getty Images

Sekin ko‘taradi

Siz uglevodlardan butunlay voz kecha olmaysiz. Murakkab uglevodlar(masalan, sabzavot yoki don tarkibida)asta-sekin so‘rilib, glyukozani qonga asta-sekin chiqarib yuboradi. Ammo ularni juda ko‘p iste’mol qilsangiz ham, ular qon shakarini sezilarli darajada oshirishi mumkin, shuning uchun ovqat miqdorini nazorat qilishga harakat qiling. Meva tarkibida ham ko‘p miqdordagi shakar mavjud, ammo ularni to‘liq iste'mol qilsangiz(po‘sti bilan birga)havotirlanishga hojat yo‘q: kletchatkalar shakar o‘zlashtirilishini susaytiradi. Ammo mevali sharbat ichsangiz(hatto yangi siqilgan bo‘lsa ham), unda kletchatkalar bo‘lmaydi va shakar darhol so‘riladi.

Foto: Getty Images

Barqaror darajani saqlaydi

Kletchatka — tanaga singib ketmaydigan va shakar darajasini oshirmaydigan uglevodlarning maxsus turi. Sabzavotlar tarkibidagi uglevodlarning aksariyati kletchatkaga to‘g‘ri keladi, shuning uchun sabzavotlarni iste’mol qilish juda muhimdir. Protein(masalan, tovuq yoki baliqda)ham deyarli qon shakar darajasiga ta'sir qilmaydi. Agar ovqat tarkibida uglevodlar, oqsillar, yog‘lar va kletchatkalar bo‘lsa, qondagi shakar darajasini barqaror ushlab turadi.

Foto: Getty Images

Qonda shakar miqdori nimalarga ta’sir qiladi?

Salomatligingizga...

Ko‘p miqdorda shakar iste’mol qilish diabetning bevosita sababi ekanligi hozircha ma’lum emas, ammo ortiqcha kaloriya kilogramm ortishiga olib kelishi mumkin. Semirib ketish kasallik rivojlanishidagi asosiy xavf omillaridan biridir. Agar odamda diabetning 2-turi yoki prediabet mavjud bo‘lsa, glyukoza to‘planib qon tomirlari va asablarga zarar yetkazishi mumkin.

Quvvatingizga...

Glyukoza organizm uchun yoqilg‘idir. U miya ishlashi va tana harakatlanishi uchun zarur. Ammo qon oqimiga glyukozaning asta-sekin so‘rilishi muhim. Masalan, shokoladli baton iste’mol qilganingizdan so‘ng, organizm katta miqdordagi shakarni o‘zlashtirsa, qonda glyukoza darajasi ko‘tarilib ketadi. Taxminan. yarim soat davomida o‘zingizni yaxshi his qilasiz — shakar miqdori ko‘tariladi va siz energiya bilan to‘lasiz. Ammo 30 daqiqadan so‘ng muammolar boshlanadi.

Insulin intensiv ravishda ishlab chiqariladi, glyukozani yutadi va natijada uning qondagi miqdori undan oldingidan ham past bo‘ladi. Ochlik va charchoqni his qilishni boshlaysiz.

Kayfiyatingizga...

Glyukoza darajasi juda past bo‘lganida gormonal tizim tanadan glyukozani tortib ola boshlaydi. Kortizol va adrenalin stress gormonlari bu jarayonda ishtirok etadi, natijada bezovtalanasiz va g‘azablanasiz. Iroda kuchi va hissiyotlarni boshqarish qobiliyati pasayadi, ochlik hissi paydo bo‘ladi.

Vazningizga...

Oddiy uglevodlar bir zumda so‘riladi va tana juda ko‘p insulin ishlab chiqaradi. Shakar miqdori keskin tushadi, yog‘ hujayralari esa yog‘ kislotalarini yeya boshlaydi. Ammo qonda shakar va yog‘ kislotalari ozligi hisobiga tana ochlik haqida signal beradi. Agar shokolad yoki bulochka yesangiz, xuddi shu jarayonning qyta boshlanishiga sabab bo‘lasiz. Bu oxir-oqibat vazn ortishiga olib keladi.

Foto: Getty Images

Qachon shakar zararli bo‘lishi mumkin?

  • Bulochka yeganingizda, u qonga so‘riladi va glyukoza ajralib chiqadi, uni tanangiz yoqilg‘i sifatida ishlatadi.
  • Oshqozonda ovqat hazm bo‘lgandan keyin glyukoza qonga tarqaladi va oshqozon osti bezi insulin ajratib reaksiyaga kirishadi, bu esa glyukoza miqdorini tartibga solishga yordam beradi.
  • Insulin qondan hujayralarga glyukoza — yoqilg‘i tashiydigan vositadir. Insulin hujayralardagi glyukoza tashuvchilar ta'sirini faollashtiradi. Bular hujayralardan ichkaridan tashqi yarim o‘tkazuvchan membranaga o‘tadigan, glyukoza molekulalarini tutib oladigan va so‘ngra ularni yoqish uchun ichki “elektr stansiyalar”ga o‘tkazadigan maxsus oqsillardir. Ammo agar insulin yetarli bo‘lmasa yoki tizim yetarli darajada ishlamasa, muammolar boshlanadi.
  • Hujayralar glyukozani rad qiladi. Oshqozon osti bezi insulinning qo‘shimcha qismini ishlab chiqarishga harakat qiladi ammo bu jarayon sekin va zaif kechadi. Glyukoza qon tomirlariga ta’sir qilib, ularga va ichki organlarga zarar yetkazadi.
Organizmdagi shakar miqdorini tekshirish

Qonda shakar miqdori ko‘payishi o‘zini namoyon qilmaydi va uni faqat qon tekshiruvi bilan tekshirish mumkin. Buning uchun yilda bir marta tekshiruvdan o‘tish va 45 yoshdan keyin ko‘rsatkichlarni diqqat bilan kuzatib borish kifoya. Agar raqamlar tartibda bo‘lsa, kelgusi yilgacha xavotir olmasa ham bo‘ladi. Agar salbiy o‘zgarishlar yuz bersa, shifokor sizga nima qilish kerakligi va qachon qayta tekshiruvdan o‘tish haqida maslahat beradi.

Mavzuga doir: 

  • Shakarni yeyish mumkin, shakar o‘rnini bosuvchini esa — yo‘q. Vazn ortishiga sabab bo‘luvchi 5 ta odat
  • Tez-tez chanqaysizmi?Darhol bartaraf etish kerak bo‘lgan 7 tibbiy sabab
  • Bolalarda qandli diabetning 7 ta dastlabki simptomlari
  • Insult, qandli diabet va gipotireoz: yuzdagi o‘zgarishlarga qarab aniqlash mumkin bo‘lgan kasalliklar
  • Hech qanday sababsiz ozish: vazn tashlashga olib keluvchi sog‘liqdagi 6 muammo


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.