Qandli diabetda tez yordam: Kishi o‘zi va yaqinlariga yordam berishi uchun nimalarni bilishi kerak?
O'qildi: 299

Qandli diabetdan aziyat chekkan bemorlarda xurujlar kuzatilib turishi bu esa qondagi qand miqdorining keskin tushib ketishi yoki aksincha ko‘payib ketishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Foto: FreepikGipoglikemiya — qonda qand miqdorining kamayib ketishi.
Simptomlari:
- holsizlik;
- terining rangsiz bo‘lishi, yopishqoq ter ajralishi;
- jizzakilik;
- ratsional bo‘lmagan xatti-harakatlar;
- puls — tez va to‘liq;
- taxikardiya;
- hushdan ketish.
- Avvalo bemorni tinchlantirishga harakat qiling, o‘zini holsiz his qiladigan bo‘lsa, yer yoki stulga o‘tkazing.
- Hushini yo‘qotmagan bo‘lsa shirin choy, sharbat yoki glyukoza tabletkasini bering.
- Bemor taom yoki suv iste’molidan keyin o‘zini yaxshi his qiladigan bo‘lsa, glikemik indeksi yuqori bo‘lgan mahsulotlar: meva, suli yormasidan tayyorlangan pechenye va sut bering.
- Glyukoza miqdorini tekshirib ko‘ring. Zarur bo‘lsa, bemor insulin qabul qilishi kerak.
- Bemor ahvoli butkul tiklanmagunicha uni yolg‘iz qoldirmang, shifokor chaqiring.
Aksariyat hollarda simptomlar xurujdan bir necha kun yoki hafta oldin paydo bo‘ladi.
Simptomlari:
- kuchli chanqash;
- ko‘p peshob ajratish(asosan kechasi);
- vazn kamayishi;
- teri qichishi;
- yaralarning odatdagidan sekinroq bitishi;
- uyqu bosishi;
- hushdan ketish.
- Bemor hushini yo‘qotishiga giperglikemiya sabab deb o‘ylaydigan bo‘lsangiz, nafas olishi me’yorda bo‘lishiga e’tibor qarating va zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.
- Bemorni yonbosh yotqizing, bu nafas olishning oson bo‘lishiga yordam beradi.
- Tez yordam kelguniga qadar puls hamda nafas olishini o‘lchab, nazorat qilib turing.
Manba
Obuna bo'ling
Yangi ma'lumotlardan xabardor bo'lib boring
Yangi ma'lumotlardan xabardor bo'lib boring
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.