Salomatlik Salomatlik Yaponiyalik olimlar koronavirusning odam terisida qancha muddat yashashini aniqladi

Yaponiyalik olimlar koronavirusning odam terisida qancha muddat yashashini aniqladi

O'qildi: 238


Yaponiyalik olimlar koronavirusning odam terisida qancha muddat yashashini aniqladi

Yaponiyaning Kioto tibbiyot universiteti mutaxassislarining “Klinik yuqumli kasalliklar”(Clinical Infectious Diseases)jurnalida e’lon qilgan tadqiqotida koronavirus odam terisida 9 soatga yaqin yuqumliligini saqlab qolishi ma’lum qilindi. Ushbu ko‘rsatkich gripp virusining saqlanishidan besh baravar ko‘p, deb yozadi “RBK”.

Foto: “RBK”

Qayd qilinishicha, tajriba davomida odam terisiga gripp va COVID-19 virusining 100 ming namunasi qo‘yib kuzatilgan. Natijada gripp virusi 1-2 soatdan keyin kuchsizlangani, koronavirus esa 9 soat davomida saqlanib turgani aniqlangan. Shuningdek, teriga 80 foizli etanol eritmasi surtilganda virus 15 soniyada yo‘qolgan, deyiladi xabarda.

Avvalroq Avstraliyaning Kasalliklarga tayyorgarlik markazi olimlari koronavirusning xona haroratida banknotalar, sensorli ekran va telefon yuzasida 28 kungacha saqlanishi mumkinligini ma’lum qilib, nafaqat qo‘llarni, balki smartfonlarni ham dezinfeksiya qilish kerakligini ta’kidlagan.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.