Yuz va tanadagi shishlarni bartaraf etadigan 9 mahsulot
Shishlar yuzda, tananing boshqa qismi yoki ichki a’zolarda ham kuzatilishi mumkin. Uning muntazam ravishda kuzatilishi organizmda bir gap bor ekanligidan darak beradi va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Lekin onda-sonda, masalan, uyqudan avval suyuqlik ichish yoki xamir taom yeganda ham shishib uyg‘onish mumkin. Shishning oldini oladigan yoki uni bartaraf qiladigan mahsulotlar qaysilar ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Foto: Getty ImagesGrechka
Kechki ovqatga bir stakan tuz va ziravorlar qo‘shmasdan pishirilgan grechka iste’mol qilish — ertalab uyg‘onganda yuzingiz shishmasligining garovi. Ayniqsa, homilador ayollarda shishlarning oldini olish yoki kamaytirish uchun grechkadan tayyorlangan taom tez-tez tanovul qilish tavsiya qilinadi.
Olma
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, olmani kanda qilmaslik saraton o‘smalari va yurak kasalliklari xavfining oldini olib, vazn tashlash va qonda xolesterin miqdorini kamaytirishga, shuningdek, hazm jarayonini yaxshilab, arterial qon bosimni tushirishga yordam beradi. Bundan tashqari, mazkur meva shishlarga qarshi ham ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi kasalliklarda shishlarni kamayishi va organizmdan ortiqcha suyuqlik chiqib ketish uchun kun davomida olma iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Meva va rezavorlar
Shishlar bezovta qiladiganlar kaliy va magniyga boy mevalarga e’tibor qaratishi maqsadga muvofiq. Bunday mevalar organizmdan ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuboradi, yurak faoliyatini yaxshilaydi va shishlarni bartaraf etadi. Qulupnay, olcha, malina va gilos ayni muddao. Ularni yotishdan avval iste’mol qilish foyda bersa beradiki, ammo zarar keltirmaydi.
Bulg‘ori qalampiri
Bulg‘ori qalampiri organizm faoliyati uchun muhim bo‘lgan vitamin, minerallarning koni. Ayniqsa, kaliy va magniy miqdori yuqoriligi sabab ham qizilining foydasi ko‘proq. Uni iste’mol qilish shishlarni kamayishi, organizmdan ortiqcha tuz va toksinlar chiqib ketishiga sabab bo‘ladi.
Bodring
Bodring, ayniqsa, yurakdagi muammo sabab kelib chiqqan shishlarda yaxshi samara beradi. Uni barra holida ko‘katlar va pomidor bilan qo‘shib iste’mol qilgan yaxshi. Foydasi yanada tez sezilishini istaganlarga bodringdan sharbat tayyorlab kuniga 2-3 marta ichish tavsiya qilinadi. Faqat bunday sharbatga tuz va boshqa ziravorlar qo‘shish kerak emas.
Petrushka
Istalgan ko‘katlar shishlarni bartaraf qilishda samara berishi mumkin lekin ularning orasida foydalilik jihatidan petrushka yetakchilik qiladi. U organizmdagi ortiqcha suyuqlikni chiqarib, shishish jarayonlarini bartaraf bo‘lish jarayonini tezlashtiradi.
Petrushka qo‘shib tayyorlangan salatni kechasi iste’mol qilish tonggi shishlarni oldini oladi.
Baqlajon
Sharq mamlakatlarida ushbu mahsulot uzoq umr ko‘rish uchun foyda beradi deb hisoblanadi va hammaga birdek yeyish tavsiya qilinadi. Shishlardan profilaktika maqsadida baqlajon iste’mol qilish kerak. U organizmda suyuqlik ushlanib qolishiga sababchi bo‘ladigan tuzlarni chiqarish xususiyatiga ega.Quritilgan o‘rik
Quritilgan o‘rik peshob haydovchi xususiyatiga ega ekanligi sabab ham shishlarni yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, undan tayyorlangan damlama va sharbatlar sanoqli soatlar ichida ijobiy natija berishi mumkin. Ammo bunday ichimliklar qon bosimi past kishilar, allergiya, diareya va bronxial astmadan aziyat chekadiganlarga tavsiya qilinmaydi.
Klyukvadan tayyorlangan mors
Klyukva organizmdagi ortiqcha suyuqlikning chiqarilishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi va uni hamma, hatto homilador ayol va bolalar ham iste’mol qilsa bo‘ladi. Uni o‘zini yeyish yoki shakar qo‘shmasdan tayyorlangan mors qilib ichish shishlarning oldini oladi.
Manba