Salomatlik Salomatlik Ukollardan so‘ng yuzaga keladigan shishlarni qanday yo‘qotish mumkin?

Ukollardan so‘ng yuzaga keladigan shishlarni qanday yo‘qotish mumkin?

O'qildi: 420


Ukollardan so‘ng yuzaga keladigan shishlarni qanday yo‘qotish mumkin?

Deyarli barcha umri davomida ko‘p marta dumba yoki qo‘l sohasiga ukol olgan. Ba’zan buning oqibatida inyeksiya qilingan joyda shishlar, “do‘mboqchalar” paydo bo‘ladi. Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev ana shunday shishlardan qanday xalos bo‘lish mumkinligi haqida ma’lumot beradi.

Foto: Getty Images

Bu tibbiyotda inyeksiyadan keyingi infiltratlar deb ataladi. Ko‘p hollarda ular sog‘liq uchun havf tug‘dirmaydi va bir necha kun, hafta ichida, bir muncha vaqt o‘tgach, o‘z-o‘zidan so‘rilib ketadi. Bazida teri ostidagi, mushaklar orasidagi shishlar ikki oy yoki undan ko‘proq vaqt davomida saqlanib qoladi. Bunday infiltratlarning so‘rilishi uchun davo muolajalarini qo‘llagan maqul. Kamdan kam hollarda esa asorat berishi mumkin. “Do‘mboqchalar” yiringlaydi og‘riq paydo bo‘ladi, tana harorati ko‘tariladi, yurganda va o‘tirganda lo‘qillab og‘riydi. Asorat boshlanganda zudlik bilan shifokor jarrohga murojaat qilish zarur.

Infiltratning so‘rilishi va paydo bo‘lishining oldini olish uchun davo muolajalari.

Dori – darmonlar bilan davolash.

Vishnevskiy surtmasi

5—6 qavat doka ustga qalin qilib suriladi malham yoyilib ketmasligi uchun doka orqasidan streych plyonka bo‘lagi qo‘yiladi. “Domboqchalar” ustiga leykoplastir bilan mahkamlanadi. 6—7 soatga qoldirish mumkin. Muolaja 4—6 kun davomida qilinadi.

Geparin surtmasi

Infiltrat ustiga yupqa qilib suritiladi, so‘rilib ketguncha sekin asta silanadi, kuniga 2—3 mahal(6—7 kun). Mazkur vosita yallig‘lanishni kamaytiradi, mikrotserkulyatsiyani yaxshilaydi va og‘riqni kamaytiradi.

Troksevazin geli

Kuniga ikki mahal suriladi. Yallig‘lanishga qarshi va antiseptik xususiyatlariga ega(6—7 kun).

Magniy sulfat

Bemorlarga inyeksiya bilan uzoq muddatli davolanishdan so‘ng paydo bo‘ladigan shishlarni dovolash uchun tavsiya etiladi. Eritma toza mato yoki paxtaga shimdiriladi infiltrat ustiga kompress qilib qo‘yiladi. 2—3 soatda paxtani almashtirib turish lozim. Quruq holatda ta’sir qilmaydi(8—10 kun).

Dimeksid

Gematomalardan tezda xalos bo‘lishga va infiltratlarda yordam beradi. Tayyorlash uchun 1/10 praporsiyada, ya’ni 1 ml dimeksidga 10 ml toza suv qo‘shiladi va matoga yoki paxtaga ho‘llab kompress qilinadi — 30 minut davomida, kuniga 2 marta(6-7 kun davomida). Bolalar, homiladorlarga mumkin emas.

Fizioterapiya

  • Massaj: qo‘lda yoki maxsus uskunalar yordamida amalga oshirish mumkin.
  • Ultra yuqori chastotali induktotermiya: shishlarning tezroq so‘rilishiga yordam beradi.
  • Elektroforez: quruq o‘zini yoki og‘riq qoldiradigan dorilar bilan qilish mumkin.
  • SMT forez novokain bilan yaxshi yordam beradi.
  • Fonofarez. Geparin surtmasi, Troksevazin geli, Fastum gel bilan qilinganda infiltrat so‘rilishini tezlashtiradi, paydo bo‘lishining oldini oladi.
Xalq tabobatida ishlatiladigan usullar.

Yod

Ukol qilingan joyga yod “setka” qilinadi. Kuniga 2 mahal(4—5 kun). Juda quyuq va qalin qilib surish mumkin emas terini kuydiradi.

Karam barglari

Karam barglarini yuvib, tayoq bolg‘acha bilan yengil uriladi shirasi chiqqach, streych plyonkaga solib shishlar ustiga yopib mato bilan o‘raladi yoki 7—8 soatga plaster bilan yopishtirib qo‘yish mumkin(6-7 kun).

Asal, un, tuxum aralashmasi.

1 choy qoshiq asal, 1 choy qoshiq un va tuxum sarig‘i aralashtiriladi “bo‘tqa” holatiga keltiriladi. Matoga yupqa qilib suriladi orqasidan streych plyonka bilan infiltrat ustiga 7—8 soatga kompress qilinadi(6-7 kun).

Mavzuga doir: Davolaydi, tinchlantiradi, ozdiradi. Tanaga massaj kerakligining 5 sababi




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.